«Iyul-avgust oylarida Turkiya, Rossiya, BAA va Qozoğiston bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklaş böyiça takliflar Respublika maxsus komissiyasiga kiritildi», - dedi vazirlik matbuot xizmati rahbari Navröz Aşurmatov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bölib ötgan brifingda.
Transport vazirligi vakilining ta'kidlaşiça, birinçi bosqiçda paritet asosda muntazam parvozlarni tiklaş haqida gap ketmoqda.
Şuningdek, COVID-19 bilan boğliq vaziyat barqaror bölgan mamlakatlarga muntazam parvozlar sanitariya-epidemiologik me'yorlar hamda çeklovlarni hisobga olgan holda tiklanadi.
Avvalroq, Transport vazirligi «Moskva–Toşkent» aviaçiptasi narxi 700 dollardan oşib ketgani haqidagi xabarlarni rad etgandi.













