Hayot taşvişlaridan çarçagan damlaringizda fursat topib, beqiyos tabiat manzaralariga boy göşada bölişni xohlaysizmi? U holda sizni «Miraki» sanatoriysiga taklif qilamiz. Bu yer dam oliş bilan birga davolanişingiz, salomatligingizni tiklab, immunitetingizni mustahkamlab olişingiz uçun qulay maskan.

Curatlarni körib bunday joylar qaysi mamlakatda ekan deb öylayotgandirsiz. Işoning, bu sölim göşa köhna Şahrisabzda joylaşgan. Sanatoriy tabiati heç qanday fotoşopsiz ham odamlarni hayratga soladigan manzaralarga boy.

«Miraki» sanatoriysida bugungi kunda sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqlaştirilgan immunitetni mustahkamlovçi davolaş va şu bilan birga içki turizm xizmatlarini körsatmoqda.

Sanatoriyning betakror tabiati va iqlimi tajribali xodimlar, qulay xonalar, zamonaviy davolaş an'analari bilan uyğunlaşib, davolaniş va maroqli dam olişingiz uçun yuqori darajali şaroitlarni ta'minlaydi.

«Miraki» sanatoriysida zamonaviy taşxislar, klinik-bioximik laboratoriya, EKG tekşiruvi, fizioterapiya, lazeroterapiya, jismoniy badantarbiya, uqalaş, vibrouqalaş, suv bilan davolaş (sirkulyar duş, vannalar, suv osti massaj, duş şarko) parafin-ozokerit, balçiq bilan davolaş, buğ bilan davolaş (ingalyatsiya), umurtqa poğonasini zamonaviy apparatlar yordamida çöziş, trenajyor zali va parhez ovqatlaniş sizning soğliğingizni tiklaş uçun qöllaniladi.

«Miraki» sanatoriysida ovqatlaniş zali ijtimoiy masofa saqlagan holda 2 örinli qilib qaytadan jihozlandi.

«Miraki» sanatoriysi yuqumli kasalliklardan xoli hudud hisoblanib, umumiy maydoni 20 gektarni taşkil etadi. Bu esa davolanuvçilarga ijtimoiy masofani saqlagan holda sayr qiliş va davolaniş imkonini beradi.

Hududda bugungi kunda 7 ming tupga yaqin mevali, 9 ming tupga yaqin manzarali daraxtlar, ming tupga yaqin turli xildagi gullar ekilgan bölib, bu sanatoriy kislorod manbai ekanligidan dalolatdir. Bu yerda siz daraxtlar orqali tabiat va insonning uyğunligi, atrofni qurşab turgan yaşil olamning salomatligingizga ijobiy ta'sirini his etasiz.

Sanatoriyning bebaho tabiat boyligi bu şifobaxş buloq suvi hisoblanib, uşbu ma'danli suvdan samarali davo usuli sifatida foydalanib kelinmoqda.

Xullas, «Miraki» sanatoriysi betakror tabiati, serjilo suvlari, samarali davolaş xizmatlari, mazali taomnoma va şifobaxş buloqlari bilan iqlimiy-kurortlar qatoridan joy olgan sihatgohdir. Yuz marta eşitgandan bir marta körgan yaxşi. Sanatoriymizga kelib, salomatligingizni yaxşilab keting.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram: t.me/sanatoriy_miraki
YouTube: youtube.com/channel/miraki_sanotoriyasi
Instagram: @miraki_sanatoriyasi_official
Twitter: twitter.com/sanatoriyasi

Murojaat uçun telefonlar:
+998 98 275 09-88;
+998 98 275-13-79;
+998 93 525-69-69.

Faks: (0375) 523-33-21.
Elektron poçta: [email protected]
Beb-sayt: www.sanatoriy-miraki.uz

Reklama huquqi asosida