
Yaponiyada çoy yetiştiriş, uni quritiş va boşqa jarayonlarning turliça bajarilişi yoki çoyning ta'mi, rangi, mazasi, hidiga qarab, turlari farqlanadi.
Sença 煎茶
Sença – Yaponiyada eng köp iste'mol qilinadigan çoy turi. U faqat yoş çoy barglaridan tayyorlanadi. Çoy barglari terib olinib, yuvib, buğlanib, söngra quritiladi.

Kislorod va şirin ta'mning balansini töğri saqlaş orqali sença hamma uçun sevimli çoy naviga aylanadi.
Matça 抹茶

Özining yam-yaşilligi bilan ajralib turadigan matça çoyi soyada östiriladi. Buning bilan çoyda kofein miqdori va tabiiy mazani oşiriş maqsad qilinadi. Hosili terib olingaç, matça kukun holiga keltiriladi va yapon çoy marosimlarining asosiy iştirokçisiga aylanadi.
Ayni paytda ham nozik rangi tufayli matça navli çoy zamonaviy yapon oşxonalaridagi asosiy içimliklardan biri bölib qolmoqda.
Gyokuro 玉露

Gyokuro ham xuddi matça singari soyada östiriladi va qop-qora rangli yaproqlardan iborat bölib yetişadi. Buning bilan çoyda öziga xos xuşböy ta'm va hid paydo böladi.
Hojiça 焙じ茶

Hojiça qovuriladigan çoy navi hisoblanadi. Uning barglari oç jigarrang böladi. Hojiçani yengil ta'mi uçun quyuq keçki ovqatdan keyin iste'mol qilişni xuş körişadi.
Kök çoy foydalari haqida
Ötkazilgan turli tadqiqotlar kök çoyning yuqori qon bosimini pasaytirişini, saraton va yurak kasalliklarida foydali ekanligini isbotlagan.

Doimiy ravişda kök çoy içib turiş yurak kasalliklaridan himoya qiladi.
Bundan taşqari, kök çoy miya faoliyatining ham yaxşi işlaşiga yordam beradi. Şuningdek, kök çoyning asabni tinçlantiriş xususiyati va diabet xavfini kamaytirişi ham olimlar tomonidan örganilgan.
Çoy marosimlari
Yapon çoy damlaş marosimi haqida eşitmagan odam bölmasa kerak. Bu alohida çoy damlaş xonasida uyuştiriladigan an'ana bölib, uni taşkillaştirişdan asosiy maqsad – mehmonga iltifot körsatiş va uni odatiy hayotidan ozgina bölsa-da, farqli muhitni his qilişiga yordam berişdan iborat bölgan.

Hozirgi kunda çoy marosimlari hobbi va turistlarni kutib olişning bir vositasiga aylangan. Bunday marosimlar an'anaviy yapon boğlarida, mehmonxonalarda yoki çoy madaniyati markazlarida taşkillaştiriladi.
Odatda, rasmiy çoy marosimlari bir piyola aççiq va bir piyola yengil damlangan çoyni içiş bilan yakunlanadi.
Marosimda qatnaşiş uçun, eng avvalo, unga mos kiyim tanlaş kerak. Bunda juda zamonaviy va tez közga taşlanadigan emas, kamtarin va taqinçoqlardan xoli kiyim tanlaş maqsadga muvofiq deb qaraladi.
Odatda, çoy marosimi boğlar yoki boğ bilan qoplangan binolarda ötkaziladi. Bu muhit odamning ruhiy holatini barqarorlaştiriş uçun ham tanlangan. Marosim ötadigan xonaga kiraverişda quduq örnatilgan böladi va kelgan mehmonlar undan qöllarini yuvib, keyin içkariga kirişadi.

Çoy marosimi ötadigan xonani «Tatami xonasi» deb ataşadi. Xonaga kiriş eşigi esa past qilib işlanadi, xonaga egilib kiradigan mehmon özi taşrif buyurgan xonadonga hurmat ifoda etadi, deb hisoblanadi.

Xona turli mavsumiy gullar bilan bezatiladi. Mehmonlar xonaga kirgaç bezaklarni közdan keçirişdan oldin yana bir bor ta'zim qilişadi.

Mehmon odatda çoyni mezbonning yonida tayyorlaydi. Asosiy asboblar – çoy aralaştirgiç, çoy konteyner va şunga öxşaş kerakli buyumlardan iborat böladi. Buyumlarning har biri öz vazifasiga qarab did bilan joylaştiriladi.

Yaponça şirinlik marosimda çoydan oldin yeb olinadi.

Foto: japan-guide.com
Çoy piyolaga suzilgaç, idiş «tatami» töşagi ustiga, mehmonning yoniga qöyiladi. Piyolani öng qöl bilan oliş va çap kaftning ustiga qöyiş kerak. Söngra çoydan bir neça kultum içib, uni yana yerga, tatami töşagining ustiga qöyiş kerak.
Çoy içib bölgaç esa mehmonga minnatdorçilik bildiriş lozim böladi.

Foto: japan-guide.com











