Eron va Turkiya hukumatlari ikki davlat çegarasida sodir bölgan qurolli töqnaşuv yuzasidan suriştiruv olib bormoqda.

Turkiya mudofaa vazirligining xabariga köra, Eron hududidan berilgan zarba natijasida bir nafar turkiyalik harbiy halok bölgan va yana bir nafari jarohatlangan.

Eron taşqi işlar vazirligi vakili Abbos Musoviy hodisaga izoh berar ekan, Eron-Turkiya çegarasi yaqinida turk harbiylari va terrorçilar örtasida qurolli töqnaşuv sodir bölganini aytdi. U bu haqda Turkiya OAVga asoslanib ma'lum qildi.

"Ğarbiy Ozarboyjon viloyati çegara xizmatining ma'lumotlariga köra, töqnaşuv çoğida Eron hududiga bir dona snaryad kelib tuşgan", - dedi Musoviy.

Uning sözlariga köra, uşbu voqea ikki davlat çegara xizmatlari tomonidan örganilmoqda.