Butunjahon turizm taşkiloti — UNWTO Yevropa mintaqaviy komissiyasining 65-yiğilişida Boş vazir örinbosari, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov Samarqanddagi Registon majmuasidan turib iştirok etdi.

Masofadan turib onlayn tarzda ötkazilgan yiğiliş asosan koronavirus pandemiyasining turizm sohasiga ta'siri va uning oqibatlaridan tiklaniş masalalari muhokamasiga bağişlandi.

Yiğilişdan söng Aziz Abduhakimov komissiya yiğilişi xususida öz fikrlarini Kun.uz muxbiriga sözlab berdi.

«44ta davlat turizm vaziri, yuzlab turistik kompaniyalar vakillari va soha mutaxassislari iştirok etgan anjumanda biz avvalo yurtimizdagi Covid-19 bilan boğliq vaziyatni oçiq-oydin ma'lum qildik. Negaki, bizda bemorlar soni, ösiş dinamikasi va ölim soni yuqori emas. Buning sabablarini ma'lum qildik. Şuningdek, turizmga oid keyingi vaqtlarda qabul qilingan hujjatlar mohiyatiga töxtaldik», deydi u.

Qömita raisi yiğilişda Xatarsiz sayohat bilan boğliq qöllanma ham jahonda birinçilardan bizning zaminimizda yaratilgani xususida ta'kidlab ötilganini qayd etdi.

«Anjumanda yana bir taqdimotimiz köpçilikning e'tiborini tortdi. Gap şundaki, Abu Ali ibn Sinoning «Fit tadbir ul-musofiriyn» kitobida bundan ming yillar oldin sayohatga çiqqanda salomatlikni asraş, musofirlikda qanday qoidalarga amal qiliş xususida juda köplab foydali ma'lumotlar keltirilgan. Iştirokçilarda mazkur kitob haqdagi taqdimotimiz ham katta qiziqiş uyğotdi», deydi qömita raisi.

Turizmni rivojlantiriş qömitasi ma'lumotiga köra, 2023 yilda UNWTO Boş Assambleyasini aynan Samarqand şahrida ötkaziş taklifi ham berilgan va iliq kutib olingan.

Aziz Abduhakimov Özbekistonga kelib Covid-19’ga çalingan sayyohlarga 3000 AQŞ dollari miqdoridagi kompensatsiya berilişi masalasiga yana bir bor töxtaldi:

«Albatta, biz bu fikrni ham PR nuqtayi nazardan ilgari surmoqdamiz. Sababi Özbekistonga keladigan turist özini xavfsiz his qilişi kerak va şundoq ham hammamiz yaxşi bilamiz — mahalliy fuqarolar böladimi, xorij fuqarolari böladimi — bu kasallikka çalinganlar davlat tomonidan davolanadi.

Aytilgan mablağ xorijlik fuqaroning qöliga berilmaydi. Ammo bir bemorga sarflanadigan mablağ miqdori ham şunga yaqin. Biz esa şundoq ham bor uşbu amaliyotni piar tarzida çiroyli yetkazmoqdamiz. Çunki sayohatga çiqadigan xorij fuqarosi avvalo tanlanadigan davlatlarni soliştiradi, ma'lumotlar bilan tanişadi. Aslida, bu kabi tarğibotlarni köproq qilişimiz kerak hammamiz. Çunki qança köp sayyoh kelsa şunça köp mablağ — investitsiya keladi, iş joylari köpayadi, aholi daromadi oşadi.

Yana bir loyihamiz «Uzbekistan Is My Second Home» (Özbekiston — mening ikkinçi uyim) loyihasi bölib bölib, mazkur yönalişda immigratsion viza turi işlab çiqilişi közda tutilgan. Bu orqali daromadlari yuqori va akademik yutuqlari köp bölgan odamlarni jalb qilişga erişiladi. Bu ham investitsiya, ham ilmiy va boşqa turdagi tajribalarni Özbekistonga olib kelişni oşiradi.

Mazkur loyiha prezidentimizning «Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuçaytirilgan rejimi talablariga qat'iy rioya qilgan holda rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori asosida işlab çiqilgan.

Umuman, har qanday sohadagi rivojlaniş faqat öşa sohasiga foyda keltirişi oddiygina qoida. Ammo turizmning rivojlanişi, turistik obektlar xodimlari uçun ham, umumiy ovqatlaniş tizimi uçun ham, mehmonxona va boşqa köplab sohalar uçun ham daromad, degani. Hatto oddiy haydovçi va dehqon ham mamlakatga köproq sayyoh kelişi ortidan foyda köradi», dedi Aziz Abduhakimov.

Anvar Mustafoqulov tayyorladi