
Loyiha kölamini his qiliş uçun adirning yuqori nuqtasiga çiqib kördik. Yonma-yon joylaşib, kiçik şaharça körinişiga kelgan issiqxonalarga juda katta mehnat sarflangan. Lekin kutilayotgan natija ham ança salmoqli. Çunki bu loyihaning amalga oşişi asosan yoşlar va ayollardan iborat ming kişini iş bilan ta'minlaydi.

Ayni paytda 36 gektar maydonni egallayotgan issiqxonalarning 802tasi bitgan, quriliş uzluksiz ketyapti, qolganlari ham iyul oyi davomida bitkazilişi rejalaştirilgan.
Issiqxonalarda yiliga 7 ming tonna sabzavot mahsulotlari yetiştiriş rejalaştirilgan. Umumiy qiymati 13 mlrd söm bölgan loyihaning 6,7 mlrd sömi Bandlikka kömaklaşiş jamğarmasi hisobidan, 6,3 mlrd söm esa Özmilliybank imtiyozli krediti hisobidan moliyalaştirilgan.
Davlat rahbari bu loyiha bilan tanişuvi çoğida aholi bandligini ta'minlaşda tizimli işlarni davom ettiriş zarurligini, şu yönalişda kamida ön mingta iş örni yaratiş lozimligi qayd etildi.

«Odamlarimiz islohotlar samarasini sezişi kerak. Ularni rozi qiladigan tizim yaratişimiz lozim», degan prezident.
«Baland adir» hududidagi yoşlar uçun 1000ta issiqxona taşkil etiş loyihasi töğrisida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov va Yoşlar Ittifoqi raisi Alişer Sa'dullayev bilan suhbatlaşdik.
«Eng minimal hisoblaganda bir issiqxona 13-18 million söm foyda qiladi»
Nozim Husanov – Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri:
– Issiqxonalarning egalari har biri bir oila sanaladi. Ular Çortoq tumanidagi aholining dehqonçilik qilişga xohiş bildirganlari orasidan saralab olingan. Qişloq xöjaligi bilan şuğullanmoqçi bölgan, lekin özlarining tomorqasi kiçik bölganlar uçun katta imkoniyat böldi.
Issiqxonaçilar bilan işlaş uçun esa yetakçi tadbirkor tanlab olingan. Ular köçat ekiş, agrotexnik tadbirlar uçun maslahat beriş, dorilaş işlarini taşkil qilişga yordam beradi va oxirida yetiştirilgan mahsulotlarni töliq sotib oladi.
Çortoqda Namangan şahridagi monomarkazning filialini ham oçdik va odamlarni issiqxonaçilik, baliqçilik, quyonçilik kabi turli yönalişlarga qisqa muddatli 3-4 kunlik kurslarda öqitamiz.

Adirlikka işçilarni taşiş uçun transport masalasini hal qiliş ustida boş qotirayotganimizda «Damas» avtomaşinasiga ega tadbirkorlar taşabbus bilan çiqişdi. Yönaliş qöyilsa bas – ular xizmatga şay.
Issiqxonalarda faoliyat boşlayotgan odamlar bilan qanday mahsulot yetiştiriş mumkinligini, qaysi sabzavotga talab yuqoriligi haqida maslahatlaşdik. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, issiqxonalardan örtaça bir martalik hosildan 13-18 million söm foyda köriş mumkin. Bu eng minimal narxlar bilan hisoblangan. Demak, köproq harakat qilib, issiqxona orqasidan yaxşiroq foyda oliş mumkin.

«1+1»ning natijasini «11» qiladigan zamonda yaşayapmiz – yoşlar tadbirkorligi haqida
Alişer Sa'dullayev – Yoşlar ittifoqi raisi:
– Loyiha orqali qaysi yoşning salohiyati qanaqa ekanini bilib olamiz. Ehtimol, issiqxona qurib berilgan yoşlarning 70 foizi keyinçalik işini eplab ketişi mumkin. Mana şu 70 foiz aholiga kambağallikdan xalos bölişi uçun yordam beriş ham katta natija.
Eng muhimi, loyihada qatnaşayotgan yoşlarning mulkka ega bölişiga erişamiz. Bu juda muhim, sababi inson özida mulkdorlik tuyğusini his qilsa, ularda öziga bölgan işonç ortadi, motivatsiya paydo böladi.
Loyihada mablağ kredit asosida berilayotganining ham sabablari bor. Bu unga ega bölgan yoşlarga mas'uliyat hissini yuklaydi, ular hisob-kitob asosida işlarini taşkillaştirişadi. Buning bilan odamlarda kuzatilişi mumkin bölgan boqimandalik kayfiyatining oldi olinadi va tadbirkorlik hissi uyğonadi.
Hozir «1+1»ning natijasini «11» qiladigan zamonda yaşayapmiz. Buni tadbirkorlik asosida qilişimiz lozim. Biz mana şunday mazmundagi loyihalarni ham amalga oşiriş uçun ham harakat qilamiz.

Akmaljon Möyinov – issiqxona egasi, yoş tadbirkor:
– Bodringning «Orzu» navini ekdim. Xudo xohlasa, 70 kunda tayyor böladi. Mahsulotimizning xaridori tayin, konserva uçun olişadi. Örtaça 3,5 tonna hosil olişni möljallayapman.

Yaxşi tomoni, şu yerga kelib köçatlarimiz qanaqa kasallikka çalinişi mumkinligi, yerga qanday işlov beriş kerakligini batafsil tuşuntirişadi.
Dilafruz Ğafforova, issiqxona egasi:

– Yoşim 18da, şu loyihaning eng yoş tadbirkorlaridan biriman. 5 km joydan oilaviy kelib işlaymiz. Har bir köçatdan örtadan 7 kg.dan hosil olişni rejalaştiryapmiz.
Adirlik bölişiga qaramay, har bir issiqxonaga alohida suğoriş tizimi qilib berilgan. Nasib qilsa, şu yilning özida 17,5 mln söm daromad qilişni möljallayapman.
Abror Zohidov










