Ekopolitsiya xodimlari tomonidan Toşkent şahrining Sergeli tumanida ötkazilgan reyd davomida «Yuqori Darxon» mahallasi hududida tabiatni muhofaza qiliş töğrisidagi qonunçilik buzilişi aniqlandi.

Xususan, issiqxonalardan birining qozonxonasida ekologik talablarga rioya qilmagan holda kömir yoqilayotganligi maʼlum böldi.

Şu bilan birga, qozonxonaga örnatilgan filtr nosoz holatda bölib, bu atmosfera havosiga salbiy taʼsir körsatiş xavfini yuzaga keltirgan.

Aniqlangan qoidabuzarlik sababli filtr soz holatga keltirilgunga qadar issiqxona faoliyati vaqtinça töxtatildi.

Masʼul şaxsga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddasiga muvofiq jarima qöllanildi.