Prezident matbuot xizmati xabariga köra, mahalliy aholi va xorijlik sayyohlarga temir yöl transporti xizmatini körsatiş sifati va samaradorligini oşiriş maqsadida vokzalda “Özbekiston temir yöllari” aksiyadorlik jamiyati, korxona öz mablaği va Özmilliy bank kredit mablağlarini yönaltirgan holda 24 milliard sömlik bunyodkorlik işlari bajarildi.

Vokzaldagi kutiş va komfort zallari, bufet, tibbiyot punkti, ona va bola xonasi, elektron ma'lumotlar markazi, kutubxona, milliy sovğalar, gazeta-jurnallar şoxobçasi, yuklarni vaqtinçalik saqlaş xizmati kabi barça bölimlar zamonaviy andozalarda taşkil etildi. Bundan taşqari, majmuaga qöşimça ravişda öttiz uç örinli mehmonxona qurib bitkazildi.

Uşbu işlar natijasida Namangan temir yöl vokzali zamonaviy qiyofa kasb etib, bir vaqtning özida 250 nafar, sutkasiga 2,5 ming nafar yölovçiga zamonaviy xizmat körsatiş imkoniyatiga ega böldi.

Vokzal Farğona vodiysi halqa temir yöli böylab tezkor elektropoyezdlar qatnovida vodiy şaharlari va mamlakatimizning boşqa hududlari bilan transport boğlanişida muhim böğin bölib xizmat qiladi.

Şu bilan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga taşrifi yakunlandi. Davlat rahbari Toşkentga jönab ketdi, deyiladi xabarda.