Virusga qarşi remdesivir preparati AQŞda 1 may kuni ma'qullangandi. U Ebola bezgagiga qarşi kuraş doirasida işlab çiqilgan, ammo öşanda uning samaraliligi isbotlanmagandi. Keyinroq dori SARS va MERS’ga qarşi samarali qöllanildi. Dori vositasi Gilead Sciences biofarmatsevtika kompaniyasi tomonidan işlab çiqariladi.
Kompaniya xabarida aytilişiça, allergologiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti tadqiqotlari remdesivir bemorning tuzaliş davrini tört kungaça qisqartirişini körsatgan.
Qayd etilişiça, COVID-19ga çalingan bemorlar olti dona ampuladan foydalangan holda 5 kunlik davolaş kursini ötaşi kerak böladi. Bu 2340 dollarga tuşadi.













