Ta'kidlanişiça, konstitutsiyaga tuzatmalarga ovoz beruvçilarning 21,16 foizi qarşi çiqqan. Ovoz berişdagi iştirok 65 foizni taşkil qilgan. 

Çeçeniston, Doğiston va Tivada tuzatmalarni ovoz beruvçilarning 90 foizdan köproği qöllab-quvvatlagan. Nenets avtonom okrugi ovoz beruvçilarning köpçiligi (54 foizga yaqini) tuzatmalarga qarşi ovoz bergan yagona region bölgan.

Rossiyaliklar tuzatmalar uçun 25 iyundan 1 iyulgaça ovoz bera olişgan.

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilovaning ta'kidlaşiça, ovoz beriş davrida jiddiy qoidabuzarliklar qayd qilinmagan.

Qonunga köra, tuzatmalar kuçga kirişi uçun ularni ovoz beruvçilarning yarmidan köproği qöllab-quvvatlaşi kerak. 

Tuzatmalar orasida Rossiya prezident Vladimir Putinga prezident lavozimiga yana nomzodini ilgari surişga va hokimiyat tepasida 2036 yilgaça qoliş imkonini beruvçi tuzatma ham bor.