Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga «Akfa Universitetining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi muhokamaga qöyildi.
Xususan, loyihada Universitetga Toşkent viloyati, Qibray tumani, Unqörğon QFY, Parvoz MFY hududida joylaşgan, Toşkent şahar hokimligiga qaraşli «Manzarali boğdorçilik va gulçilik» MÇJ balansida bölgan 29,48 ga yer maydonini doimiy foydalanişga ajratib beriş nazarda tutilgan.
«Munosabat» körsatuvining iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş masalalariga bağişlangan navbatdagi sonida iqtisod fanlari doktori Barnogul Sanaqulova Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan işlab çiqilgan qarori loyihasiga munosabat bildirdi.
Qarorda Akfa universitetiga Toşkent viloyat hokimligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi bilan birgalikda bir oy muddatda universitetga zamonaviy öquv binolari, öquv-amaliyot binolari, kampuslar, sport inşootlari quriş va jihozlaş uçun Toşkent viloyati, Qibray tumani, Unqörğon QFY, Parvoz MFY hududida joylaşgan, Toşkent şahar hokimligiga qaraşli «Manzarali boğdorçilik va gulçilik» MÇJ balansida bölgan 29,48 gektar yer maydonini doimiy foydalanişga ajratib berişni ta'minlaş aytilgan.
«Avvalo, şunday muhim qarorlarni muhokama qiliş imkoniga ega bölganimizdan xursandman. Lekin hozir bu yerda har bir gektari qimmat baholanadigan yer haqida gap ketyapti.
Qaysi xalqaro universitet, Cambridge yoki Oxford bilan hamkorlik qilişining ahamiyati yöq, Akfa universiteti ham xususiy taşkilot hisoblanadi. Bu yerda maqsad pul tikiş va undan foyda oliş», - deya qayd etdi Barnogul Sanaqulova.
Iqtisodçi «Agar şunday bölsa, men ham xususiy universitet oçişim va davlatdan 30 gektar yer va soliq imtiyozlari söraşim mumkinmi?», - degan fikrni bildirdi.

















