Prezidentning “Akfa Universitetining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi hamda “Akfa Universiteti” MÇJning:

a) “Akfa Universiteti” MÇJ Koreya Respublikasining “Gaçon Universiteti” bilan hamkorlikda tibbiyot yönalişida oliy ta'lim beriş faoliyatini amalga oşirayotganligi;

Universitet Koreya Respublikasining “Gaçon Universiteti”, “Seul milliy Universiteti” hamda Yaponiya davlatining “Nagoya universiteti“ bilan hamkorlikda farmatsevtika, professional hamşiralikka tayyorlaş, radiologiya, stomatologiya böyiça yangi ta'lim yönalişlarini taşkil etiş böyiça kelişuvlarga erişganligi haqidagi axboroti ma'lumot uçun qabul qilinadi;

b) Prezidentning 2019 yil 1 fevraldagi PQ-4145-son qaroriga muvofiq universitet negizida Germaniya Federativ Respublikasining yuqori reytingga ega bölgan Bremen universiteti (Universitat Bremen), Vestfal aniq fanlar universiteti (Westfälischen Hochschule), “Ştaynbays” nomidagi Berlin universitetlari (Steinbeis Hochschule Berlin, SHB) bilan texnik yönalişdagi fakultetlar taşkil etiş böyiça muzokaralar olib borilayotganligi töğrisidagi axboroti ma'lumot uçun qabul qilinadi;

v) Universitetda fakultetlar hamda talabalar sonini yangi ta'lim yönalişlarini oçiş orqali oşiriş, zamonaviy öquv, öquv-amaliyot binolari, kampuslar, sport inşootlari, laboratoriyalar hamda yordam binolarni hamda tibbiyot yönalişida ta'lim olayotgan talabalar öquv-amaliyotlarini ötişi uçun zamonaviy tibbiyot kompleksini qurişni öz içiga olgan umumiy qiymati 580 mlrd. söm bölgan investitsiya loyihasini amalga oşiriş taklifi ma'qullanadi.

Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Universitet birgalikda investitsiya loyihasini amalga oşiriş böyiça investitsiya şartnomasini tuzadi. Investitsiya şartnomasida kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy samara va yangi iş örinlarini yaratiş hajmi örganilgan holda, soliqlar va tölovlar böyiça qöşimça imtiyozlar beriş, investitsiya loyihasini amalga oşiriş uçun investor tomonidan olinadigan kreditlar böyiça foiz stavkalarini subsidiyalaş va qonunçilikda belgilangan boşqa bir qator imtiyoz va preferensiyalar beriş tartibi kelişiladi.

Investitsiya loyihasining amalga oşiriş quyidagi bosqiçlarda amalga oşirilişi belgilanadi: