Dunyodagi eng yirik pensiya jamğarmasi - Yaponiya davlat pensiya jamğarmasi (GPIF) joriy mart oyida yakunlagan 2019 moliya yilining 4-çoragi uçun hisobot taqdim qildi. Unga köra, jamğarma uşbu çorak böyiça 17,1 trln iyen (164,7 mlrd dollar) zarar körgan. Bu jamğarma uçun antirekord hisoblanadi.
Mart oxirida jamğarma boşqaruvida 150,6 trln iyenlik (1,4 trln dollar) aktivlar bölgan. Vaholanki, 2019 yil mart oxirida jamğarma boşqaruvidagi aktivlar 159,2 trln iyen (1,5 trln dollar) turgan.
4-çorakda investitsiya qilingan kapitalga daromadlilik manfiy bölib, minus 10,7 foizni taşkil qilgan. Şu sababli jamğarmaning yillik daromadliligi ham manfiy çiqib, minus 5,2 foizni taşkil qilgan. 2018 yilning 4-çoragida GPIF daromadliligi 4,6 foiz bölgan.
“Mahalliy va xorijiy aksiyalar arzonlaşişi moliyaviy yil uçun manfiy daromadlilikka olib keldi. Ikkala aksiyalar bozori ham AQŞ va Xitoy örtasidagi savdo ziddiyatlariga qaramay, 2019 yil davomida yaxşi natijalar körsatayotgan edi. Biroq koronavirus pandemiyasi investorlar xatarni qabul qilmaslik pozitsiyasiga ötişganiga olib kelgan”, deb aytgan GPIF prezidenti Masataka Miyazono.












