Istanbul sudi Amnesty International huquqni himoya qiliş taşkiloti mahalliy bölimining tört nafar faolini ozodlikdan mahrum qiliş töğrisida hukm çiqardi. Bu haqda Sabah gazetasi xabar berdi.
Naşrning yozişiça, bölim raisi Taner Qiliç 6 yil uç oyga, qolgan uç nafar faol esa 2 yil 1 oydanga ozodlikdan mahrum qilindi. Ular "qurolli terrorçilik guruhiga aloqadorlik" moddasi böyiça aybdor deb topildi.
Turkiya hukumati 2017 yil iyunda Qiliç va yana 22 nafar yuristni Fathulloh Gulenning FETO taşkiloti faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilib hibsga olgandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Amnesty International taşkilotini mamlakatda yangi davlat töntarişi tayyorlaşga urinişda ayblagandi. Ötgan yilning iyulida Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çovuşöğli uşbu taşkilotning Turkiyadagi vakolatxonasi rahbari Idil Eser FETO faoliyatiga aloqador ekanligini aytgandi. U şu bilan birga, Anqara Amnesty International faoliyatiga tösqinlik qilmasligini bildirgan.












