El Tiempo naşrining xabar berişiça, benzovoz trassadan çiqib ketib, ağdarilib ketgan. Mahalliy aholi vaziyatdan foydalanişga urinib, benzovozdagi yonilğini idişlarga quyib olişga tuşib ketgan. Voqea joyiga kelgan politsiyaçilar ularga qarşilik körsatmagan.
Lahzalardan birida portlaş sodir bölgan va maşina oldida töplanib turgan odamlar öt içida qolgan. Voqea oqibatida kamida 10 kişi halok bölgan, yana bir neça kişi jarohat olgan. Ta'kidlanişiça, jabrlanganlardan bir qismi oğir ahvolda.
Şunga öxşaş voqea 2019 yilda Tanzaniyada yuz bergan. Öşanda yonilği sisternasining portlaşi 57 kişining ölimiga olib kelgan.












