Reytingga köra, Kolumbiyada yiliga örtaça 3240 millimetr yoğingarçilik kuzatiladi. Şu bilan birga, mamlakat iqlimi bir xil emas: uning ayrim hududlarida quruq savannalar bölsa, boşqa joylarida nam tropik örmonlar mavjud.

Ikkinçi örinni Afrikaning orol davlati San-Tome va Prinsipi egallagan. Bu mamlakatda yiliga örtaça 3200 millimetr yoğin tuşadi. Yomğirli mavsum esa taxminan töqqiz oy davom etadi.

San-Tome va Prinsipi eng seryoğin öntalikka kirgan yagona Afrika mamlakati hisoblanadi.

Uçinçi örinda Papua - Yangi Gvineya qayd etilgan. Bu mamlakatda yillik örtaça yoğingarçilik miqdori 3142 millimetrni taşkil etadi.

Eng seryoğin mamlakatlarning aksariyati bir neçta geografik mintaqada joylaşgan. Jumladan, Indoneziya, Bruney va Malayziya Janubi-Şarqiy Osiyoning dengiz hududlarida joylaşgan.

Janubiy Tinç okeani mintaqasidan Samoa, Solomon orollari va Papua - Yangi Gvineya reytingga kirgan. Markaziy Amerikadan esa qöşni Kosta-Rika va Panama eng seryoğin mamlakatlar qatorida qayd etilgan.

Qiziği, Hindistondagi Mausinram Yer yuzidagi eng seryoğin joylardan biri hisoblansa-da, Hindiston mazkur reytingning yuqori poğonalaridan joy olmagan. Sababi reyting alohida şahar yoki hududdagi emas, balki butun mamlakat böyiça örtaça yoğingarçilik miqdoriga asoslangan.