Rossiya Federatsiyasining Tula, Samara va Saransk şaharlarida Özbekistonning Boş konsulxonalarini oçiş masalasi körib çiqilmoqda. Bu haqda Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirining örinbosari Erkin Hamroyev “Xalq sözi” naşriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
“Bundan taşqari, Janubiy Koreya, Rossiyadagi elçixona hamda konsullik muassasalarimizda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining vakillari öz faoliyatlarini olib bormoqda. Hozirgi kunda agentlikning Turkiya, Latviya va Finlyandiyada vakolatxonalarini oçiş böyiça muzokaralar olib borilyapti”, dedi u.
Ma'lumotlarga köra, bugungi kunda Rossiya Federatsiyasidagi Özbekiston fuqarolarining soni 1,5 milliondan ortiq.
Şu bilan birga, Rossiyada 17 488 nafar özbekistonlik talabalar tahsil olmoqda.
Bugungi kunda Özbekiston Respublikasining Rossiya hududida, jumladan, Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Vladivostok, Qozon, Rostov-Don, Novosibirsk şaharlarida diplomatik va konsullik vakolatxonalar faoliyat yuritib kelmoqda.












