CNBC xabariga köra, mitti davlat yaqin orada öz çegaralarini oçadi va masofadan işlayotgan xorijliklarga yangi dasturni taklif qiladi.
Boş vazir Miya Mottlining sözlariga köra, hukumat bunday sayyohlarga 12 oy davomida mamlakat hududida qolişga ruxsat bermoqçi.
«Bu yerga keliş va bir neça oy işlaş imkoniyatiga ega bölsangiz, Yevropa, AQŞ yoki Lotin Amerikasida qolib, mehnat qilişingiz şart emas», — deb bayonot berdi boş vazir.
U yangi dastur odamlarga uyini, iş joyini tark etib, xorijda işlaş imkonini berişini qöşimça qildi. Sayyohlarni jalb qiliş uçun davlat ularga «oliy toifadagi» xizmatlarni taklif qilişi lozim, Barbados esa bunga qodir, deb hisoblamoqda Mottli.
Barbados mehmonxonalari va turizm assotsiatsiyasi ma'lumotiga köra, turizm sohasi davlat yalpi içki mahsulotining bevosita 12 foizini, bilvosita esa 40 foizini taşkil qiladi. Bundan taşqari, turizm xususiy sektordagi eng köp işçi örinlariga ega sohadir.
Jons Hopkins universiteti ma'lumotiga köra, Barbadosda 98 kişida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ulardan 7 nafari vafot etgan.
Hozirgi vaqtda hukumat ba'zi çeklovlarni olib taşlagan, jumladan komendantlik soati bekor qilingan. Ammo mamlakatda ijtimoiy masofani saqlaş qoidasiga amal qiliş talabi saqlanib turibdi.
Şu bilan birga, 500 kişigaça bölgan ommaviy tadbirlarni ötkazişga ruxsat berilgan. Sport musobaqalari paytida muxlislar ham iştirok etişi mumkin.
Barbados 12 iyuldan boşlab çegaralarni oçişni rejalaştirmoqda.












