«Narxlarni manipulyatsiya qiliş, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş tizimiga putur yetkazuvçi jinoyatlarga qarşi kuraş olib borilmoqda. Ötkazilgan tadbirlarda qariyb 6 milliard sömlik oziq-ovqat mahsulotlari qimmat sotilişining oldi olindi.
Qişloq xöjaligi yerlarini korrupsion jinoyatlar orqali sotiş, zaxira uçun ajratilgan mablağlarni talon-toroj qiliş va boşqa holatlar bilan boğliq 87ta jinoyat foş etildi», dedi departament rasmiysi.
Farhod Oçilovning ta'kidlaşiça, şunday jinoyatlardan biri Asaka tumanida sodir bölgan.
Ma'lum qilinişiça, pandemiya davrida Agroinspeksiya Asaka tuman bölimi boşliği tumandagi fermer xöjaligiga tegişli 44 gektar yerda qişloq xöjaligi mahsulotlari töliq ekilmaganini rökaç qilib, yer maydonini boşqaga olib beriş bilan qörqitib, xöjalik rahbaridan tamagirlik bilan 10 ming AQŞ dollari pora olgan vaqtida uşlangan.
«Şuningdek, dehqonlarning mulkiga köz olaytirayotganlar bilan boğliq holatlar ham örganilmoqda. Masalan, ikki nafar tomorqa yer egasiga Marhamat tuman «Dexqon bozor» MÇJ hududida qişloq xöjalik mahsulotlari bilan savdo qilişi uçun rasta ajratib berişi evaziga 2 million sömni olişga uringan şaxs aşyoviy dalillar bilan qölga olindi. Unga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda», deya misol keltirdi Farhod Oçilov.












