2020 yilning yanvar– iyun oylarida qişloq, örmon va baliq xöjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 97,2 trln. sömni taşkil etdi.

Davlat statistika qömitasi xabariga köra, dehqonçilik va çorvaçilik, ovçilik va uşbu sohalarda körsatilgan xizmatlar – 93,9 trln. sömni, örmon xöjaligi – 2,8 trln. sömni, baliq xöjaligi – 0,5 trln. sömni taşkil qildi. YaIM (YaQQ) tarkibida qişloq, örmon va baliq xöjaligining uluşi 24,1 foizni taşkil etdi. Mazkur tarmoqning YaIM mutlaq ösiş sur'atiga ta'siri 0,6 f.p.ga teng böldi.

2020 yilning yanvar – iyun oylarida qişloq, örmon va baliq xöjaligi mahsulot (xizmat)lar hajmi ötgan yilning mos davriga nisbatan 2,8 foizni (2019 – yilning yanvar – iyun oylari mos ravişda 2018 – yilning yanvar – iyun oyiga nisbatan – 2,4 foiz), şu jumladan, dehqonçilik va çorvaçilik, ovçilik va uşbu sohalarda körsatilgan xizmatlar – 2,7 foiz (2,4 foiz), örmon xöjaligi – 2,0 foiz (2,1 foiz), baliq xöjaligi – 16,7 foiz (2,0 foiz)ni taşkil qildi. 

2020 yilning yanvar – iyun oylari yakunlariga köra, qişloq, örmon va baliq xöjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmining 96,6 foizi – dehqonçilik va çorvaçilik, ovçilik va uşbu sohalarda körsatilgan xizmatlar, 2,9 foizi – örmon xöjaligi, 0,5 foizi – baliq xöjaligi hissasiga töğri keladi. 

2020 yilning yanvar – iyun oylarida, hududlar kesimida qişloq, örmon va baliq xöjaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Samarqand (10 901 mlrd. söm), Toşkent (10 751 mlrd. söm) va Andijon (10 075 mlrd. söm) viloyatlarida qayd etildi. Aksinça kam hajmga ega hududlarga Qoraqalpoğiston Respublikasi (2 797 mlrd. söm), Sirdaryo (3 008 mlrd. söm) va Navoiy (4 534 mlrd. söm) viloyatlarini keltirib ötiş mumkin.