Özbekistonda kelasi hafta boşidan havo harorati pasayişi kutilayotgani munosabati bilan Energetika vazirligi metan-şoxobçalar faoliyatiga çeklov kiritilişi mumkinligi haqida maʼlum qildi.
“Özgidromet”ga köra, 9–11-noyabr kunlari yomğir, şimoliy va toğli hududlarda qor yoğişi kutilmoqda. Tungi harorat şimolda −7°C gaça, boşqa ayrim joylarda −1…−2°C gaça pasayişi mumkin.
“Gaz taʼminotida xonadonlar, maktablar, boğçalar, şifoxonalar va boşqa ijtimoiy obyektlarga ustuvorlik beriladi.Zarurat tuğilsa, mavsumiy isteʼmolçilar, jumladan, avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari faoliyati vaqtinça çeklanişi mumkin.Çeklovlar hokimliklar bilan kelişilgan, tasdiqlangan grafiklar asosida joriy etiladi. Isteʼmolçilar oldindan xabardor qilinadi”, – deyiladi Energetika vazirligi xabarida.
Murojaat uçun raqamlar
Vazirlikning qöşimça qilişiça, gaz yoki elektr bilan muammo bölsa, quyidagi raqamlarga sutkaning istalgan vaqtida murojaat qiliş mumkin:
- 1104 - gaz bosimi va taʼminoti;
- 104 - gaz avariya xizmati;
- 1154 - elektr uzilişlari va tarmoq nosozliklari.
Noqonuniy ulaniş yoki energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş holatlari haqida Energoinspeksiyaning +998 71 208-10-15 raqamiga xabar beriş söralmoqda.
Xavfsizlik çoralari
Isitiş mavsumi boşlanişi munosabati bilan, aholi xavfsizlik çoralarini körişga çaqirildi:
- isitiş va gaz jihozlari, möri hamda şamollatiş yöllarining sozligini tekştiring;
- nosoz jihozlardan foydalanmang, gaz plitasida xona isitmang - bu is gazidan zaharlanişga olib kelişi mumkin;
- sim va rozetkalarga ortiqça yuklama bermang, bir neçta yuqori quvvatli qurilmani bitta uzaytirgiçga ulamang;
- isitiş jihozlarini yoqilgan holda nazoratsiz qoldirmang.
“Tejamkorlik ham muhim: keraksiz elektr jihozlarini öçiring, isitkiçlardan meyorida foydalaning va uydagi issiqlikni saqlang. Bu oilaviy xarajatlarni kamaytiradi va tarmoqlardagi yuklamani pasaytiradi”, – deyiladi Energetika vazirligi.








