Avvalroq Uzbekistan Airways aviakompaniyasi çiptalari sotuvi böyiça rasmiy sayt – uzaiways.online saytida sentabr oyidan boşlab Rossiya 5ta şahriga yölga qöyilişi rejalaştirilayotgan reyslar jadvali e'lon qilingan edi. Ayni paytda saytdagi uşbu sahifa mavjud emas.
Kun.uz muxbiri holatga aniqlik kiritiş uçun Uzbekistan Airways matbuot kotibi Habibulla Nabiyev bilan boğlandi.
«1 sentyabrdan boşlab Rossiyaning qator şaharlariga muntazam aviareyslar tiklanişi borasidagi xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi. Töğri, biz sentabr oyi uçun reyslar jadvalini tuzganmiz. Lekin bu – Maxsus komissiya epidemiologik vaziyatga köra muntazam reyslarni tiklaşga ruxsat bergan holatda qanday tartibda parvozlarni taşkil qilişimiz böyiça jadval.
Çunki Maxsus komissiya ruxsat bersa, biz öşa ondayoq parvozlarni tiklay olmay qolişimiz mumkin. Har bir parvoz bir neça taşkilotlar, aeroportlar örtasida muvofiqlaştiriladi.
Öşa paytda vaqt yöqotmaslik uçun tuzayotgan rejalarimiz haqida ma'lumot tarqalgan va köpçilik buni «1 sentyabrdan reyslar tiklanişi aniq ekan», deya qabul qilgan.
Epidemiologik vaziyat qanday bölişini oldindan mutlaqo prognoz qilib bölmaydi. Muntazam reyslar qaçon tiklanişi böyiça aniq axborotni rasman e'lon qilamiz», – dedi Habibulla Nabiyev.
Transport vazirligi matbuot xizmati rahbari Navröz Aşurmatov parvozlarning tiklanişiga oid savolimizga: «Bu masalada hali rasmiy ma'lumot yöq», deya javob berdi.












