«Ufa» boş direktori Şamil Gazizov «Spartak» klubi rahbari etib tayinlangaç, yangi direktor işni özi yaxşi bilgan jamoaning yetakçilarini Moskvaga çaqirişdan boşlaşga yaqin turibdi. Turli gap-sözlarga qaramay, qayd etiş joiz - «Spartak» ufaliklarning ehtimol eng qiziqarli öyinçilariga köz tikmoqda», - deya boşlanadi championat.com saytidagi maqola.

Oston Örunov hali 19 yoşda. U fevral oyida Toşkentning «Lokomotiv» klubidan 200 ming yevro transfer puli evaziga «Ufa» safiga kelib qöşildi. Kelganidan Oston ufaliklarning almaştirib bölmas futbolçisiga aylanişga ulgurdi – 10 öyindan 9tasida asosiy tarkibda tuşgan. Örunov qisqa davr içida öyinlari orqali «Ufa» hisobida turgan olmosga aylandi, desak mubolağa bölmaydi. Özbekistonlik yarimhimoyaçining yangi çöqqilarni zabt etişga bölgan xohiş va istagi juda kuçli ekanligi körinib turgan bölsa-da, Oston «Zenit» bilan kuraşişga da'vogarlik qilayotgan va yevrokuboklarni közlayotgan jamoaga ötiş darajasiga çiqa oldimi?

U qanday futbolçi?

Örunov faoliyati davomida bir qator amplualarda töp surgan bölsa-da, unga köproq markaziy yarimhimoya çiziğida öynaş mos keladi. Andrey Kançelskis «Navbahor»da Ostonni qanot yarimhimoyasida sinab körgan bölsa, Samvel Babayan «Lokomotiv»da uni katta hajmdagi işni bajaradigan markaziy yarimhimoyaçiga aylantirdi. Futbolçining özi esa intervyularida «Menga tayanç nuqtasida öynaş yoqadi, töpni olib qöyiş va köp yugurişni yaxşi köraman. Biroq driblinglarim sababli aksariyat murabbiylar meni qanotga qöyişadi, bu nuqtada esa töpsiz zerikişimga töğri keladi», - deydi Örunov.

«Ufa» boş murabbiyi Vadim Yevseyev Ostondan universal öyinçi sifatida foydalanmoqda. Yangi klubida ötgan 10ta bahsda Oston yarimhimoyaning ikki qanotida ham, markazda ham öynaşga ulgurdi. Zaruriyat tuğilganida hujumçiga aylanişiga ham töğri keldi. Har qanday holatda ham biz Ostonni markaziy yarimhimoyaçi sifatida bilamiz, zero u aynan şu nuqtada özini juda qulay his qiladi.

Ustunligi nimada?

RPL uçun ikki eng kuçli jihat: işonçli dribling va kuraşlarga kirişuvçanlik. «Ufa» yarimhimoyaçisi aynan uşbu ikki jihati bilan alohida ajralib turadi.

1) Oston qanotda emas, aynan maydon markazida juda kerakli bölgan noodatiy driblingga ega. U töpni gavdasi bilan yaxşi tösa oladi, töp bilan mukammal harakatlanadi. Ya'ni, Örunov aksariyat yarimhimoyaçilar singari hujumni köproq bir yönalişda tortadigan futbolçi emas.

Muhimi, unda dribling - şunçaki driblingni körsatiş uçun emas (bundaylar Rossiyada yetarliça), qiyin vaziyat va bosimdan yaxşiroq pozitsiyaga çiqib oliş uçun amalga oşiriladi. Qobiliyati evaziga Örunov hisobni saqlab turişda qimmatli futbolçiga aylanadi. U raqib jamoa darvozasi oldida töpni qabul qilib, pressing qilayotgan raqibni gavdasi bilan bemalol tösib, tezkorlik bilan hujumga öta oladi. 

«Spartak»da Örunovning öyin uslubiga yaqin öyinçilardan maydon markazida faqatgina Zobnin qolgan. Umarov bosim ostida töp bilan harakatlana olmaydi, Kral bunga urinsa-da, yaxşi bajara olmaydi, Til esa örtamiyona öyinçi. «Spartak» Örunov misolida 90 daqiqa içida maydon markazida örtaça 55 foizi muvaffaqiyatli bajariladigan 8ta ötişlarni amalga oşira oladigan futbolçini qölga kiritadi. Bu futbolçining iqtidoridan darak, xuddi şunday öyinçi «Spartak»ga yetişmayapti.

2) Örunov Rossiya Premer-ligasidagi yakkakuraşlarga moslaşa olgan, u har qanday vaziyatdan bosimni yengib ötib, çiqib keta oladi. Ikkinçi qavatdagi kuraşlardan çöçimaydi, gavda tuzilişi jihatdan ham baquvvatligi bois jiddiy kuraş keçayotgan vaziyatlarga qörqmay qöşiladi. Har öyinda 30-35ta kuraşlarda iştirok etiş uning uçun oddiy hol.

Bunday öyin jihatlariga ega futbolçining maydon markazida tayanç yarimhimoyaçisi yoki «sakkizlik» nuqtasida töp surişi eng töğri qaror böladi.

Kamçiligi va kuçsiz jihatlari qaysi?

Örunovda dispetçerlik mahorati hali u qadar sayqallangan emas. U xavfli vaziyatlarda qaror qabul qilişda oqsamoqda. Ijroçilik qobiliyati ustida hali köp işlaşi kerak. Uning zarbasi kuçli bölsa-da, barqaror emas va doim ham öylangan zarbalar emas. Ehtimol, özingiz ham Premer-liga öyinlarida uning xavfli vaziyatlar yaratganligini, biroq har safar golgaça nimadir yetmay qolganiga köp guvoh bölgansiz.

Albatta, hammasini omadsizlikka yöyiş mumkindir, aslida esa muammo çuqurroqda – ijro mahorati yetişmaslikdadir. Quyida Örunovning faoliyati davomidagi zarbalar böyiça statistikasi keltirilgan. Özbekiston çempionatidagi barça öyinlari hisoblanmagandir, biroq baribir umumiy holat yaqqol körinib turibdi.

Bugungi kungaça Ostonning jami 63 zarbasidan bor yöği 2tasi gol bilan yakunlangan, 20tasi esa darvoza tomon aniq tepilgan. Samarali zarbalar böyiça alohida iqtidorga ega bölmay turib, öyin davomida uzoq masofalardan zarbalar yöllanişi töpponçadan öqni osmonga qarata behuda sarflaş bilan barobar. Aniqki bu holat futbolçining öyin darajasini baholaşda unga obro‘ keltirmaydi. Bu borada u öz ustida işlaşi kerak.

Şu bois Örunovni hujumkor nuqtalarda öynatiş xato böladi. Unga hujumni yakunlovçi yoki standart vaziyatlari ijroçisi sifatida ham qaramagan ma'qul. Bu yomon futbolçi degani emas, aksinça işonçli, barqaror, biroq jamoaviy öyin mexanizmida ikkinçi darajali figura.

Va aynan şu sabab tufayli Örunov «Spartak»ning yozgi transfer oynasidagi asosiy xaridi böla olmaydi. Ehtimol, kelajak uçun tikilgan sarmoyaga aylana olar.

«Spartak» Örunovni öz safiga qöşib olsa, bu yarimhimoyaçilardan biri jamoani tark etişini anglatadimi?

Katta ehtimol bilan «Spartak» 3-5-2 taktik sxemasida Ostonni markaziy yarimhimoyaçi çiziğida körmoqda. «Qizil-oqlar» bu çiziqda uç futbolçiga ega - Kral, Umarov, Zobnin.

Futbolçilarning körsatkiçlari taqqoslangan uşbu jadvaldan körinib turibdiki, dribling va töp bilan harakatlanişda Örunov «Spartak»dagi uçlikdan katta ustunlikka ega. Qolaversa, yakkakuraşlarda ham özbekistonlik futbolçining natijasi yuqori ekanligini köriş mumkin.

Biroq uzatmalar soni böyiça Örunov yaxşi taassurot qoldira olmaydi. Harakatlar davomidagi uzatmalar uluşi ham haminqadar - 9%. Bu hammasinikidan ham pastroq degani. Hal qiluvçi uzatmalari soni ham kam (bori ham aniq emas). Jarima maydoni içidagi şeriklarni töp bilan ta'minlaş körsatkiçi ham kamtarona. Umuman olganda, xayoliy taassurotlar ham statistik ma'lumotlar bilan töla mos keladi: Ostonning barça ustun jihatlari inobatga olingan taqdirda ham, uning bugungi darajasi «Spartak»ning muammolariga yeçim böla olmaydi va natijalar yaxşi tomonga özgarib qolişiga sabab bölişi juda qiyin.

Şu bois, har qanday holatda ham «Spartak»ga markaziy yarimhimoya çiziğida erkin ijodkor va ijroçilik qobiliyatiga ega futbolçi şart. Heç bölmaganda Vlaşiçga öxşagan. «Sakkizlik» nuqtasida esa Kral va Zobnin bor. Agarda «Spartak» Ostonning öyin uslubiga öxşaş bölgan Zobninni sotişni rejalaştirayotgan bölsa, Örunovning taklif etilişi mantiqan töğri böladi.

Har holda voqealarning bunday rivojini ham rad etib bölmaydi: Roman ançadan buyon Yevropa tomon yurmoqçi, u yangi çaqiruv kutayapti. Örunov esa hali saviya jihatdan nisbatan pastroqda bölsa-da, potensiali yuqori futbolçi.

Örunov 2 million yevrodan qimmatroq turadimi?

OAVda turli raqamlar aylanmoqda: kimdir 3,5 million yevro narx haqida gapirsa, kimdir «Spartak»ning 500 ming yevro yoki «2+2» körinişidagi transfer taklifi haqida gapirmoqda.

Aniqki, «Ufa» Özbekistondan topgan «javohiri»ni 500 ming yevroga sotmaydi. Zero, 19 yoşli yarimhimoyaçi Rossiya Premer-ligasining «bahor-yoz» qismida har tomonlama katta ösişga erişa oldi.

Biroq ayni damda Ostonni 3,5 million yevroga arziydi, deyiş ham juda qiyin. Sönggi voqealar ham yuqori narxga qarşi işlaydi: 1) pandemiyadan keyin transfer bozori ham kuçsizlandi; 2) hozirgi kunda futbolçi – legioner sanaladi va qaçon bu statusni bekor qilinişi noma'lum. Özbekiston YeOIIga a'zo emas, bu ittifoqqa kirişi uzoq vaqtni olişi mumkin. 3) Örunov maydonda katta farqni körsata olmaydi. U işonçli va barqaror, biroq ijroçi emas, hal qiluvçi vaziyatlarda ham yakunlovçi emas.

Şunday ekan, «Spartak» albatta, Örunovni sotib olişi mumkin, vaqt ötişi bilan u öyin jihatdan ham, narxida ham ösa oladi. Faqat bu transferga yondaşuvda muvozanat buzilmasligi şart. Eng asosiysi esa, «Spartak» rahbariyati tuşunib olişi kerak: hali yoş, ösişi kerak bölgan futbolçini sotib oliş aslida kelayotgan transfer oynasidagi boş maqsad ham, muammolarning yeçimi ham emas.

Usmon Ibodov tarjimasi.