«Navbahor» bilan 2023 yilning dekabr oyiga qadar şartnoma imzolagan Örunov bir yillik kelişuvdan keyin klubni tark etdi. Futbolçi Osiyo Çempionlar ligasi 6-turi doirasidagi Hindistondagi «Mumbay Siti»ga qarşi öyinga bormagan.
«The End». Barçasi uçun rahmat, «Navbahor», - deya yozadi Oston Örunov instagramdagi sahifasida.
Özbekiston milliy jamoasining 22 yoşli a’zosi kelasi mavsumni qaysi jamoada ötkazişi hozirça noma’lum.
U joriy mavsum Namangan klubi safida Superligada 24 öyinda 9ta gol, OÇLda esa 5 öyinda 3ta golga mualliflik qildi. Vodiy klubi bilan çempionatni 3-örinda yakunladi.
Eslatib ötamiz, Örunov ötgan mavsumlar davomida Rossiyaning «Ufa», «Spartak» va «Ural» klublari safida faoliyat yuritgan.











