Ta'kidlanişiça, hibsga olinganlar orasida port direktori Hasan Qöraytam ham bor. Port direktori prokuror söroğidan keyin hibsga olingan.

“Harbiy prokuratura Bayrut portidagi 12-angarda yuz bergan maş'um portlaşni tergov qilişning dastlabki bosqiçini yakunlamoqda. Port ma'muriyati va bojxona boşqarmasidan, angarda ta'mirlaş olib borgan va u yerda portlovçi modda saqlagan 18 dan köproq kişi söroq qilingan”, deb ma'lum qilgan Aqiqiy.

Livan OAV ma'lumotlariga köra, mamlakat markaziy bankining pullarni yuvişga qarşi kuraşiş böyiça maxsus komissiyasi bojxona va port rahbariyatiga qaraşli barça bank hisobraqamlarini muzlatib qöyişga körsatma bergan.  

Livan vazirlar mahkamasi voqeaga aloqadorlar qoçib qolmasligi uçun portning butun rahbariyatini uy hibsiga olişga qaror qilgandi. 

Bayrutdagi portlaş 4 avgustda yuz bergan. Portlaş oqibatida bir neça kilometr radiusdagi uylarga zarar yetgan, 137 kişi halok bölgan. Qurbonlar orasida qutqaruvçilar va xorijliklar bor. 5 mingga yaqin odam, jumladan Livan boş vaziri Hasan Diabning rafiqasi va qizi jarohat olgan.

Hukumat versiyasiga köra, portdagi omborlardan birida saqlangan 2750 tonna ammiak selitrasi payvandlaş işlari vaqtida portlab ketgan. 

Dunyoning köplab davlatlari portlaşdan keyin Livanga öz yordamlarini taklif qilgan.