Pirotexnikadan tortib to yadroviy bombagaça

Bayrutdagi portlaşlar aks etgan videolar tarqatilişi asnosida aytilgan birinçi fikr portlaş pirotexnika işlab çiqariş fabrikasida sodir bölgani haqidagi farazlar bilan boğliq edi. Bu haqda köplab tvitlar yozildi.

Pirotexnika işlab çiqariş fabrikasida portlaş sodir bölişi mumkinligi haqidagi da'vo garçi mantiqiy körinsa-da, portlaş paytida bulut paydo bölgani tufayli voqea yadroviy bomba tufayli yuzaga kelgan, degan taxminlar ham örtaga çiqdi.

Portlaş «atom bombasi» tufayli röy bergani da'vo qilingan va keyinçalik öçirib taşlangan bir tvit 100 mingdan ortiq a'zosi bölgan tvitter akkaunti tomonidan ommaga e'lon qilindi va minglab retvit hamda «layk»larga sabab böldi.

Qurol böyiça mutaxassislar esa yadro quroli natijasida portlaş yuzaga keladigan bölsa, kör qilib qöyuvçi bir oq nur va odam tanasini kuydiruvçi issiqlik tölqini paydo böladi, deb aytişdi.

Bundan taşqari, qöziqorin şaklidagi tutunlar yadro bombalariga xos emasligi ham ta'kidlandi. Mutaxassislarning fikriga köra, bunday bulutlar nam havoni siqib çiqariş natijasida hosil bölib, suvni ziçlaştiradi va bulut hosil qiladi.

«Bomba yoki raketa hujumi»

Yadro bombasi haqidagi ba'zi asossiz da'volarni ilgari surganlaring ba'zilari esa AQŞ, Isroil yoki «Hizbulloh»ni aybdor sifatida nişonga oldi. Bu kabi xabarlar ham bir neça noxolis saytlar va bir qança jamoat arboblari tomonidan tarqatildi.

Strategik muloqot institutining tadqiqotiga köra, öng qanot guruhlari tomonidan qöllab-quvvatlangan fitna nazariyalari Facebook, 4chan, Reddit va Telegram kabi xabar almaşiş dasturlarida ham tarqatilgan.

Uşbu xabarlarda asosan Isroilning hujumi yoki Bayrutdagi qurol saqlaş omboriga «Hizbulloh» tomonidan raketa hujumi uyuştirilgani sababli portlaş yuzaga kelgani haqidagi yolğon da'volardan iborat edi.

Strategik muloqotlar instituti mutaxassisi Xloya Kolliver BBC’ga «Biz portlaş ortida Isroil yoki boşqa davlatlar turganini ilgari surgan öng qanot veb-saytlari va boşqa manbalar mavjudligini kördik», dedi.

Livan va Isroil rasmiylari Isroilning bu hodisaga aloqadorligi xususidagi ayblovlarni rad etişdi.

Öngçi fitna nazariyotçilari, şu jumladan, AQŞ prezidenti Donald Trampni qöllab-quvvatlovçi guruh tomonidan himoya qilingan Qanon (keng qamrovli fitna nazariyasi bölib, u bir qator öng qanot ekstremistlar va hatto prezident Trampning ba'zi jamoat tarafdorlari orasida maşhurdir) tarafdorlari ham portlaş haqidagi yolğon da'volarni Facebook’da bölişa boşladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi ba'zi xabarlar esa Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxuning BMTdagi nutqiga asoslangan holda tarqatildi. Bu da'vo Netanyaxuning BMTda Bayrut xaritasini qölda tutgan holda nutq qilgani bilan boğliq edi.

Şu sababli, ba'zi ijtimoiy media foydalanuvçilari bu holatni «portlaşda Isroilning qöli borligining dalili» sifatida baholadi.

Postlarda Netanyaxuning surati özgartirilmadi, ammo kontekst mazmuni yöqqa çiqarildi.

2018 yildagi nutq jarayoni aks etgan mazkur suratda Netanyaxu Bayrutda «Hizbulloh»ning qurol yaşirganini iddao qilar ekan, boşqa bir mintaqaga işora qilmoqda.

Portlaş nuqtasi esa Netanyaxu tomonidan «1-hudud» deb körsatilgan mintaqadan bir neça kilometr şimolda joylaşgan.

Trampning izohlari

AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uy matbuot anjumanida portlaş haqida fikr bildirar ekan, «dahşatli hujum» sözlarini qölladi. Bu esa öz navbatida uşbu portlaş xuruj oqibatida yuzaga kelgan, degan miş-mişlarni kuçaytirib yubordi.

Strategik muloqot instituti tomonidan ötkazilgan tadqiqotda portlaş terrorçilik hujumi yoki bomba tufayli yuzaga kelgan degan da'voning ortida öng guruhlar turgani ma'lum böldi.

Telegramda tarqatilgan bir xabarda esa Tramp tomonidan «dahşatli bir terroristik hujum» iborasi işlatilgani iddao qilindi. Vaholanki, Tramp «dahşatli hujum» sözlarini işlatgandi.

Strategik muloqot instituti mutaxassisi Xloya Kolliver Tramp bilan boğliq uşbu da'volar haqida «Biz Trampning bayonotidagi «hujum» sözi fitna nazariyotçilari va ularning da'volarini 24 soat içida naqadar kuçaytirib yuborganiga guvoh böldik. Ya'ni tang vaziyatlarda notöğri ifodalarni qöllaş yoki notöğri aloqa quriş qançalar xavfli ekani yana bir bor öz isbotini topdi», dedi.

Trampning ijtimoiy tarmoqlardagi uşbu şarhlaridan söng yana asossiz ayblovlar paydo böldi, çunki endi AQŞ uşbu «hujum»dan, aslida, avvaldan xabardor bölgan, degan fikrlar ilgari surila boşladi.

Şuni ta'kidlaş joizki, tezkor xabarlar internetda yolğon ma'lumotlarning tarqalişiga imkon yaratişi mumkin. Şu bois axborotni tarqatişdan oldin uni tekşiriş juda muhim ahamiyatga ega.