Rossiyada işlab çiqilayotgan vaksinaning xavfli bölişi mumkinligi haqida «Vektor» öta xavfli infeksiyalar laboratoriyasi sobiq mudiri Aleksandr Çepurnov ogohlantirdi.

«Xatar bor... Vaqt kerak. Çunki, antitananing neytrallaştiriş xususiyati şundaki, virus tanasiga yopişgan antitana uning hujayraga yuqiş xususiyatini bloklaydi», — dedi olim.

Uning ta'kidlaşiça, hozirça vaksina ustida olib borilayotgan işlar haqidagi va vaksinaning samarali ekanini tasdiqlovçi ilmiy izlanişlar haqidagi ma'lumotlar naşr etilmagan.

«Ba'zi mamlakatlarda vaksina ustida işlayotgan xodimlar barça natijalarni zudlik bilan e'lon qilişmoqda. Şunda vaksinaning qanday ekani haqida tasavvur paydo bölyapti. Rossiyada esa heç qanday maqolalarni körmayapman», — dedi Çepurnov.

Vaksina ustida qanday izlanişlar olib borilgani, uni qöllaşda neytralizatsiyaning qanday darajasi yuzaga kelişi, virusning qanday dozalaridan himoya qila olişi va unda «infeksiyaning antitanaga boğliqlik darajasini oşiriş xususiyati» borligi haqida ma'lumot paydo bölmasidan oldin, Çepurnov vaksinani işlab çiqiş haqida öylamaslikni taklif qildi.

Avvalroq, virusolog, biologiya fanlari doktori Sergey Netesov Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan işlab çiqilayotgan vaksina haqidagi ma'lumotlar sir tutilayotganidan hayron qolgan edi. U Rossiya vaksinasining tarkibi va texnologiyasi haqida heç narsa ma'lum emasligini, xorijlik kompaniyalar esa bu ma'lumotlarni oşkor qilayotganini ta'kidladi.

«Biz amerikalik va xitoylik olimlarning vaksinalari haqida hamma narsani bilamiz. Kompaniyalarning internet saytlarida, ilmiy jurnallarda vaksinaning dastlabki sinovlari haqida barça ma'lumotlar bor. Ammo nega özimizning vaksina haqida şunday ma'lumotlar berilmayapti?» — deb taajjublandi Netesov.

7 avgust kuni Rossiya Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Oleg Gridnev «Gamaleya» nomidagi markaz tomonidan işlab çiqilgan vaksina 12 avgust kunigaça röyxatdan ötkazilişini aytgan edi. U ommaviy vaksinatsiyaning samarasi aholida populyatsiya immuniteti şakllanganidan söng sezilişini aytdi. Koronavirusga qarşi vaksina birinçi navbatda xatarli guruhga kiruvçi tibbiyot xodimlari va keksalarga berilişi rejalaştirilmoqda. Gridnev vaksinaning ommaviy işlab çiqarilişiga tayyorgarlik ketayotganini qöşimça qildi.