«2020-2021 yillarda Farğona viloyatining Söx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori bilan Farğona viloyati hokimligiga bir oy muddatda Söx tumanida samolyot va vertolyotlar uçun uçiş-qöniş maydonçalarini taşkil etiş vazifasi yuklatilgan edi.
Viloyatning eksklav hududi bölgan Söx tumaniga aviqatnovlar yölga qöyiş böyiça Farğona xalqaro aeroportida dastlabki xarakatlar boşlanb yuborilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum qilinişiça, aviaqatnovlarga Özbekistondagi «Humo AIR» aviakompaniyasining An-2 samolyoti hamda Özbekiston havo yöllarining «Uzbekistan Helicopters» MJÇga qaraşli MI-8 vertolyotlari jalb qilinmoqda.
Farğona xalqaro aeroportidan olingan ma'lumotlarga köra, An-2 samolyoti 12ta yölovçi siğimiga, MI-8 vertolyoti esa 16 nafardan 20 nafargaça odam oliş imkoniyatiga ega hisoblanadi. Yölovçilar 35-40 daqiqada Farğonadan Söxga yoki Söxdan Farğonaga yetib oliş imkoniyatiga ega böladi. Parvozlarni hozirça kuniga 2tadan amalga oşiriş möljallanmoqda. Kelgusida bu raqam talabga qarab yana kötarilişi mumkin.
Ayni kunlarda respublika Transport vazirligi aviaqatnovlarning çipta narxlari ustida örganişlar olib bormoqda. Çiptalar ham yölovçilar uçun maqbul narxlarda bölişi ta'kidlanmoqda. Agar çipta narxlari oşib ketişiga yetarli sabablar bölsa, unda davlat tomonidan subsidiya berilib, bu holatlarning oldini oliş çoralari körilmoqda. Qolaversa, köp bolali, nogironligi bor, kam ta'minlangan hamda qariyalar uçun maxsus çegirmalar ham yölga qöyilişi rejalaştirilmoqda.
Ayni kunlarda Farğona Xalqaro aeroportining kiriş qismiga maxsus çiptaxonalar qurilmoqda.











