Norma’ning yozişiça, nizomda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi huzuridagi budjetdan taşqari Turizm sohasini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi grant mablağlari hisobidan quyidagilarni amalga oşiriş tartibi belgilangan:
- Özbekistonning tarixiy va afsonaviy şaxslari töğrisidagi töliq metrajli badiiy, qisqa metrajli badiiy, xronikal hujjatli filmlarni suratga oliş;
- tadbirkorlik sub'yektlarining respublika hududlarida «karaoke» zallari taşkil etiş;
- turistik köngiloçar muassasalarni taşkil etiş;
- faoliyati turizm sohasi bilan boğliq bölgan jamoat taşkilotlarini institutsional qöllab-quvvatlaş.
Soliqlar va majburiy tölovlar böyiça qarzdorligi mavjud bölgan, qayta taşkil etiş yoki tugatiş jarayonida bölgan tadbirkorlik sub'yektlari grantlar oliş, kompensatsiya ajratiş yoki moliyaviy yordam oliş uçun tanlovda iştirok etişlariga yöl qöyilmaydi.
Talabgorlarning arizalarini körib çiqiş va moliyaviy yordam mablağlarini ajratiş töğrisida qaror qabul qiliş uçun Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining buyruği bilan maxsus komissiya tuziladi.
Grant bitta loyihaning 30 foizi, lekin 3 mlrd sömdan oşmagan miqdorda ajratiladi. Grantlarning umumiy miqdori Jamğarmaning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib çiqib, daromadlar va xarajatlar smetasida tasdiqlanadi.
Grant har çorak yakunlariga köra, çorak tugaganidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar mazkur yakunlangan çorakda ariza bergan tadbirkorlik sub'yektlariga ajratiladi.
Komissiya çorak davomida kelib tuşgan arizalarni, çorak tugaganidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar grant ajratiş yoki rad etiş töğrisida qaror qabul qiladi. Qaror nusxasi qaror qabul qilingan kundan boşlab bir kun içida talabgorga yuboriladi.
Grant rad etilgan taqdirda, talabgor kamçiliklarni bartaraf etib hujjatlarni körib çiqiş uçun qayta topşirişi mumkin. Komissiya qayta topşirilgan arizani keyingi çorak mobaynida körib çiqadi.
Loyiha böyiça ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi ariza beruvçi bilan bitim tuzadi.
Tadbirkorlik sub'yektlariga respublika hududlarida (Toşkent şahridan taşqari) turistik köngiloçar muassasalarni taşkil etiş xarajatlarining bir qismini qoplaş maqsadida quyidagi turlar böyiça 10 mln söm miqdorida kompensatsiya taqdim etiladi: lazertag, basseyn, kvest-animatsiya, rollerdrom, velodrom, motokross, karting, sport labirinti, batut markazi, peyntbol, kuzatuv minorasi, djamping, flaybording, paraşyutdan sakraş, planetariya, karaoke zallari, myuzik-xoll, raqs klubi va boşqa innovatsion turistik obektlar.
Kompensatsiya mablağlarining umumiy summasi yiliga 1 mlrd sömni taşkil etadi.
Kompensatsiya oliş uçun tadbirkor Komissiyaga ariza bilan birga zarur hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qilişi mumkin, Komissiya tomonidan hujjatlar 5 iş kuni mobaynida körib çiqiladi.
Kompensatsiya rad etilgan taqdirda, bir iş kuni içida talabgorga bildirişnoma yuboriladi hamda bir oy içida körsatilgan kamçiliklarni bartaraf etişi va Komissiyaga qayta murojaat etişi mumkin.
Faoliyati turizm sohasi bilan boğliq bölgan jamoat taşkilotlari faoliyatini institutsional qöllab-quvvatlaş quyidagilar böyiça xarajatlarni qoplaşga yönaltiriladi:
a) xalqaro taşkilotlarga a'zolik badallarini tölaş;
b) xorijiy hamkorlar bilan aloqa örnatiş;
v) turizm sohasini rivojlantiriş maqsadida taşkil etilgan xizmat safari xarajatlarini qoplaş;
g) Özbekistonning turizm salohiyatiga bağişlangan taqdimotlarni ötkaziş uçun maydonlarni ijaraga oliş;
d) turizm brendini xalqaro bozorlarga tarğib qiliş;
ye) yangi turizm mahsulotlari va yönalişlarini joriy qiliş va boşqalar.
Beğaraz moliyaviy yordamning umumiy hajmi yiliga 10 ming BHMgaçani taşkil etadi va Jamğarma mablağlari hisobidan beriladi.
Komissiya tasdiqlangan şaklda tuzilgan NNT arizalarini Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining saytida (www.uzbektourism.uz) e'lon qilingan sanadan boşlab 30 kun mobaynida körib çiqiladi. Arizalarni körib çiqiş muddati – bir oy.
Beğaraz moliyaviy yordam mablağlarini ajratiş yoki rad etiş töğrisidagi qaror Komissiya bayonnomasi bilan rasmiylaştiriladi va qaror nusxasi qaror qabul qilingan kundan boşlab bir kun içida talabgorga yuboriladi.
NNT yilda bir marta ariza taqdim etişga haqlidir.
Nizomda quyidagilar qayd etilgan:
- NNT tomonidan ajratilgan mablağlardan foydalaniş tartibi;
- mablağlarning sarflanişini monitoring qiliş tartibi;
- komissiyani şakllantiriş tartibi, komissiya vakolatlariga kiruvçi funksiya va vazifalar;
- grant, moliyaviy yordam mablağlari va kompensatsiya ajratiş tartibi.
Hujjat 10.07.2020 yildan kuçga kirdi.












