20-25 avgust kunlari Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi qoşidagi Turizmni rivojlantiriş instituti va Butunjahon sayyohlik gidlar assotsiatsiyalari federatsiyasi hamkorligida «Döstlik köprigi. Gid 2020: yangi imkoniyatlar va istiqbollar» onlayn-marafoni ötkaziladi. Institut bölim boşliği Zarina Valiyevaning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişiça, mazkur tadbir gidlarning kelgusi faoliyati uçun muhim ahamiyatga ega.

«Pandemiya gidlar uçun murakkab keldi. Ular işsiz qolişdi. Lekin oldinda yuksak marralar bor. Ötkazilayotgan marafonda, avvalo pandemiya şaroitida gidlarning faoliyat olib boriş tartibini işlab çiqiş maqsad qilingan. Bu borada 20dan ortiq davlatdan qatnaşayotgan mutaxassislar öz tajribalari haqida muloqot qilişadi.

Bugun murakkab davrda yaşamoqdamiz. Sayyohlik taşkilotlari faoliyati bir muddat töxtab qoldi. Ammo yaqin orada barçasi iziga tuşişiga işonç bildirilmoqda. Şunday şaroitda sayyohlar bilan işlaşda gidlar e'tibor qaratişi kerak bölgan muhim jihatlar aniqlab olinadi. Şuningdek, turizmga oid yangi texnologiyalar, startap loyihalar, işlab çiqilgan ilovalar töğrisida tajriba almaşinadi.

Onlayn marafonda iştirokçi davlatlar vakillari öz hududidagi vaziyat, gidlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida taqdimotlar qilişadi. Hozir Özbekistonda 2200ta gid rasmiy faoliyat yuritmoqda. Tadbirda iştirok etayotgan özbek gidlari nafaqat dunyo tajribasi haqida ma'lumotga ega böladi, balki hamkorlar topiş, dunyoning turli mamlakatlarida malaka oşiriş imkoniyatlariga ham ega bölişadi», deydi Zarina Valiyeva

Marafonda 25ga yaqin davlatdan 1000dan ortiq iştirokçi qatnaşadi. Xususan, Özbekiston, Qozoğiston, Turkmaniston, Rossiya, Ukraina, Ozarboyjon, Armaniston, Buyuk Britaniya, Avstriya, Ispaniya, Italiya, Fransiya, Serbiya, Turkiya, Isroil, Eron, Kanada, Yaponiya, Belgiya, Hindiston, Janubiy Afrika, Xitoy mamlakatlari mutaxassislari iştirok etişi belgilangan.