Turkiya BAAning Abu-Dabi amirligi valiahd şahzodasi Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning yaqin maslahatçisi Muhammad Dahlonni hibsga olmoqçi. Bu haqda Middle East Monitor naşri xabar berdi. 

Ta'kidlanişiça, rasmiy Anqara Interpolga Dahlonni qölga oliş talabi bilan rasmiy ariza yöllagan. Dahlon Turkiyada josuslar tarmoğini taşkil etişda va 2016 yildagi harbiy qözğolonga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

Turkiyada Dahlon ançadan beri eng qidiriluvçi jinoyatçilardan biri sanaladi. Uning qayerdaligi haqidagi ma'lumot uçun hattoki 10 mln turk lirasi (385 ming dollar) miqdorida mukofot puli ham tayinlangan.

Muhammad Dahlon Falastin rahbari Mahmud Abbosning xavfsizlik masalalari böyiça sobiq maslahatçisi bölib, bungaça Falastinning FATH partiyasi a'zosi hisoblangan.

Ta'kidlanişiça, Ol Nahayon maslahatçisining xalqaro qidiruvga berilişi BAA va Isroil örtasidagi munosabatlarni yaxşilaş haqidagi sulh tuzilgani e'lon qilingandan keyin yuz bergan. 13 avgustda AQŞ prezidenti Donald Tramp ikki davlat AQŞ vositaçiligida özaro munosabatlarni yaxşilaşga kelişib olganini ma'lum qilgan.   

BAA Isroil bilan diplomatik munosabatlarni örnatgan uçinçi arab davlati böldi. Avvalroq Isroil bilan tinçlik sulhi tuzişga 1979 yilda Misr va 1994 yilda Iordaniya muvaffaq bölgan.