Uning ta'kidlaşiça, bunday katta hajmdagi gazni qazib oliş uçun kamida 6 mlrd dollar miqdorida investitsiya talab etiladi. Mutaxassis, şuningdek, Turkiya hukumati mamlakat öz gazini qazib olişni boşlaşi bilan uning gaz importiga tobeligi darajasi kamayişi haqidagi fikrini qaytargan. Bundan taşqari, bunday yirik gaz konining aniqlanişi Anqaraning gaz eksport qiluvçi davlatlar bilan muzokaralardagi pozitsiyalarini mustahkamlaydi va şartnomalar tuzişda gaz narxini tuşirişda yordam beradi.  

“Xalqaro tasniflanişda neft va gaz konlari muayyan toifalarga bölinadi. Qora dengizda topilgan yangi kon yirik konlar toifasiga kiradi. Bu dunyoda oxirgi yillar topilgan eng yirik gaz konidir”, deb ta'kidlab ötgan Birol.

Uning ta'kidlaşiça, yangi kon öz zaxiralari hajmi böyiça Norvegiya tomonidan 2010 yildan beri Şimoliy dengizda aniqlangan barça gaz konlari zaxiralaridan köproqni taşkil qiladi.  

Iqtisodçining fikriça, Turkiya yangi kondan har yili 10-15 mlrd kubmetr gaz olişi mumkin. Bu esa mamlakatning gazga yillik ehtiyojining uçdan bir qismini qoplaydi.

Ekspert Turkiya yangi kondan gaz olişni 2023 yildan boşlamoqçiligini qöşimça qilgan.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Qora dengizda topilgan kon Turkiya tarixida yangi davrni boşlaşini, uning dastlabki zaxiralari 320 mlrd kubmetrga baholanayotganini ma'lum qilgandi. Biroq Erdöğanning ta'kidlaşiça, kon bundan ham istiqbolliroq bölişi mumkin.