“Turizm pandemiyadan eng köp jabr körgan sohalardan biri böldi va xalqaro safarlar sonining bunday keskin qisqarişiga uçramagan birorta davlat yöq. Uşbu sohada dunyo böyiça 120 mln iş örni xavf ostida qolmoqda, ulardan köpi norasmiy sektor va kiçik korxonalarga töğri keladi. Turizm sohasi bilan boğliq eksportdan olinadigan daromadning keskin kamayişi jahon yalpi içki mahsulotining 2,8 foizga qisqarişiga olib kelişi mumkin”, deb ta'kidlab ötgan BMT boş kotibi.   

Guterrişning ta'kidlaşiça, sayyohlik sektori xavfsiz böladigan hamda iş örni va barqaror daromadlar manbasi sifatida öz pozitsiyalarini qaytara oladigan holda özgartirilişi lozim.  

Avvalroq BMTning Jahon sayyohlik taşkiloti (UNWTO) joriy yilning yanvar oyidan may oyi oxirigaça xalqaro turistik safarlar soni 300 mln. taga yoki 2019 yilning şu davriga nisbatan 56 foizga kamayib ketganini ma'lum qilgan. Şu davr içida turizmdan olinadigan daromad 320 mlrd dollarga qisqarib ketgan. Taşkilotning ma'lum qilişiça, deyarli barça davlatlar turizm sohasida koronavirus bilan boğliq çoralar kiritgan. Iyul oxiriga kelib faqatgina 40 foiz davlatlargina bu çoralarni yumşatgan.