Samarqand viloyati böylab ötkazilayotgan «Qoradori-2020» tezkor-profilaktik tadbirining 2-bosqiçi davomida olingan tezkor ma'lumotga asosan, Urgut tumani Xöjayduq mahallasida yaşovçi, R. ning yaşaş uyi hovlisi xolislar iştirokida közdan keçirildi.
Viloyat IIB axborot xizmati xabariga köra, tekşiruv davomida uşbu şaxs tomorqasidagi poliz ekinlari orasida jami 16 tup «kannabis» giyohvandlik ösimligini ekib, yetiştirib kelayotganligi aniqlandi.
Şuningdek, tadbir doirasida Urgut tumani Quyiguzar mahallasida yaşovçi, A.ning yaşaş uyi hovlisi xolislar iştirokida közdan keçirilganda, tomorqasida ekinlar orasiga jami 9 tup «kannabis» giyohvandlik ösimligini ekib, yetiştirib kelayotganligi aniqlanib, xolislar iştirokida hujjatlaştirilib olindi.
Har ikkala holat yuzasidan Urgut tumani böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan taşqari, Narpay tuman IIB xodimlari tomonidan olingan tezkor ma'lumotga asosan, Narpay tuman Navröz MFYda yaşovçi, I.ni yaşaş xonadoni tomorqasi xolislar iştirokida közdan keçirilganda, ekinlari orasida jami 11 tup «kannabis» giyohvandlik ösimligini yetiştirib kelayotganligi aniqlanib, tegişli tartibda hujjatlaştirilib olindi.
Mazkur holat yuzasidan Narpay tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












