Usmon Şarifxöjayevga köra, maktab darslarini an'anaviy yoki televizion körinişda taşkillaştiriş yuzasidan ötkazilgan sörovnomada 5,5 million ota-ona qatnaşgan bölsa, şundan 76 foizi an'anaviy dars şaklini ma'qullagan. Qolgan 24 foizi esa farzandini maktabga yuborişga xayrixoh emasligini bildirgan.
“Har bir ota-onaning tanlovi hurmat qilinişi kerak. Şuning uçun ayni damda ota-ona an'anaviy şakldagi ta'limdan qörqayotgan bölsa, ularni farzandini maktabga yuborişga majbur qiliş kerak emas”, dedi vazir örinbosari.
Televizion dars afzalliklari
Televizorda beriladigan darslar 3ta kanal orqali, maktab darslari bilan parallel tarzda uzatib boriladi. Televizorda uzatiladigan darslarning bir qança afzal tomonlari bor. Birinçidan, maktabdagi darslarga qatnab yurgan öquvçi virus yuqtirib olsa, darslarni töxtatmasdan televizordan eşitib oliş imkoni böladi. Agar öqituvçisi kasal bölib qolsa ham an'anaviy ta'limda öqib yurgan bola darsni televizordan tomoşa qilişi mumkin böladi. Yana bir yaxşi tomoni, öquvçi maktabda ötilgan darsni qayta körib, takrorlaşiga imkoniyat böladi.
Maktablardagi umimiy karantin qoidalari qanday?
Har bir hudud öz maktablarini tayyorlaşi şart. Mahalliy hokimiyat va Xalq ta'limi bölimlari yordami bilan maktablar termometr va boşqa kerakli tibbiy vositalar bilan ta'minlanişi közda tutilgan. Şuningdek, maktablarda Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan treninglar ötqaziladi, maktab xodimlari, öqituvçilarga karantin qoidalari batafsil tuşuntiriladi.
Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan har bir maktabga bittadan hamşira biriktiriladi. Hamşira kun davomida maktabda faoliyat olib boradi. Öquvçilarning kelib ketişi Içki işlar va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan nazoratga olinadi.
Yuqoridagi talablar böyiça, Sanitariya-epidemiologiya xizmati maktabni tibbiy jihatdan töliq tayyor deb topsa, mahalliy hokimiyat va Xalq ta'limi bölimlari tuman xalq deputatlari kengaşlariga maktabni oçiş böyiça taklif kiritadi. Kengaş qaroriga köra, tibbiy jihatdan tayyor maktablar oçiladi.
Maktablar 14 sentyabrdan oçilişi közda tutilgan, 7-14 sentabr oraliğida maktablar tayyor holga kelişi kerak. Öqişning birinçi haftasi kiriş haftasi bölib, karantin davrida ötilmay qolgan darslar takrorlanadi. Şu bilan birga, birinçi haftadan öquvçilarni maktabdagi karantin qoidalari bilan taniştiriş maqsad qilingan.
Dars davomidagi tanaffuslar vaqti, öquvçilarning maktabga kelib-ketiş soatlarida ham özgarişlar böladi. Hamma bola birdaniga maktabga kelolmaydi, bu kun davomida grafik asosida rejalaştiriladi. Xorijiy tajriba örganilib, har bir maktab özi uçun tanaffus vaqtlarini belgilaşi ham rejalaştirilyapti. Şuningdek, masofadan öqigan öquvçilarning kunlik monitoringi qilinadi.
Maktabdagi karantin qoidalarini kim nazorat qiladi?
Yangi öquv yilida jamoat nazoratini kuçaytiriş juda muhim hisoblanadi. Avvalo ota-ona maktab şaroitidan qoniqmasa, maktab direktoriga murojaat qilişi yoki farzandini maktabga yubormasligi ham mumkin. Maktabni töliq tayyorlaş sektor boşliqlari va hokimiyat zimmasida. Niqoblarni hamma özi olişi kerak böladi. Faqatgina kam ta'minlangan oila farzandlari uçun hokimiyat doka niqoblar tayyorlaşni rejalaştiryapti. Hudud hokimlari suv bormagan joylarni suv bilan ta'minlaş böyiça rejalar qilyapti.
Qaysi holatda sinf yoki maktablar yopilişi mumkin?
Qaysi maktabda örtaça 10 foiz - 3ta bolada virus aniqlansa, şu sinf karantinga olinib yopiladi. Agar maktabdagi öquvçilarning 10 foizi kasal bölsa, maktab ham yopilişi mukin. Bolalar vaqtinçalik uyda öqiydi. Tuman kengaşlariga vaziyatga qarab iş tutiş vakolati berilgan.











