Turkiya Yevropa ittifoqining Örta yer dengizida geologiya-razvedka işlarini töxtatiş töğrisidagi talabini rad etdi. Bu haqda Turkiya taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Xami Aksoyning bayonotida ma'lum qilindi.

"Mamlakatimizning öz kontinental şelfida geologiya-razvedka işlarini olib borişini tanqid qilişga va bu işlarni töxtatişni talab qilişga YeIning haqqi yöq. Biz YeI mamlakatlarini Gretsiyaning birdamlik bahonasi ostidagi xalqaro huquq me'yorlariga zid talablarini qöllab-quvvatlamaslikka çaqiramiz", - deyiladi bayonotda.

Şuningdek, bayonotda aytilişiça, "Şarqiy Örta yer dengizidagi vaziyat hal bölişini istasa, YeI halol vositaçi bölişi lozim".

Bundan taşqari, Örta yer dengizidagi vaziyat keskinlaşişida Anqara yana bir bor Afina va Nikosiyani aybladi.

Avvalroq Berlinda YeI mamlakatlari taşqi işlar vazirlarining norasmiy uçraşuvi bölib ötgan hamda Yevroittifoq Şarqiy Örta yer dengizida burğulaş işlarini olib borayotgani uçun Turkiyaga qarşi sanksiyalar işlab çiqişni tezlaştirişga kelişib olingandi.

Gretsiya va Kipr Turkiyaning alohida iqtisodiy hudud va Kipr respublikasi şelfida burğulaş işlarini olib borişini qoralab kelmoqda.