2020 yilning 6 avgust kuni soat 09:00da noma'lum şaxs özganing mol-mulkini talon-toroj qiliş maqsadida, Toşkent viloyati Nurafşon şahar Ma'rifat mahallasidagi 29 yoşli N.S.ning (ayol) xonadoniga kiriş eşigini oçiqligidan foydalanib, uşbu xonadonga ğayriqonuniy ravişda kirgan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, u uy içidan 30.599.000 söm va 100 AQŞ dollari miqdoridagi pullarini öğirlab hodisa joyidan yaşiringan.

Mazkur holat yuzasidan Nurafşon şahar IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan noma'lum şaxsga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (öğirlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida uşbu jinoyatni 31 yoşli A.N. sodir etganligi aniqlangan va gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.