Italiya politsiyasi mamlakat şimolidagi muzeydan joriy yil mart oyida öğirlangan fransuz rassomlari Per Ogyust Renuar, Pol Sezann va Anri Matissning asarlarini topdi.
Parma politsiyasi rahbari Andrea Palyaroning 14-avgust kuni ma’lum qilişiça, öğirlangan san’at asarlari jinoyat işi böyiça gumondorlardan birining uyidan aniqlangan.
Tergov doirasida Moldovaning töqqiz nafar fuqarosi gumon qilinmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga köra, ularning beş nafari kartinalarni öğirlaşda bevosita iştirok etgan bölişi mumkin.
Gap Renuarning ijodining sönggi davriga mansub «Baliqlar» asari, Sezannning qalam va akvarelda işlangan «Gilosli natyurmort» hamda Matissning «Terrasadagi odaliska» akvarel asari haqida bormoqda.
Ularning taxminiy bozor qiymati mos ravişda 3 million yevro, 6 million yevro va 20 ming yevro atrofida baholanmoqda. Şu tariqa, topilgan uçta asarning umumiy qiymati 9 million yevrodan oşadi.
Kartinalar mart oyi oxirida Parma yaqinida joylaşgan san’atşunos va kolleksioner Luiji Manyani nomidagi fondning xususiy kolleksiyasidan öğirlangan edi.
Manyani-Rokka fondi muzeyida Yevropa tasviriy san’atining noyob namunalari saqlanadi. Kolleksiyadan Titsian, Albrext Dyurer, Piter Paul Rubens va Fransisko Goyya kabi maşhur rassomlarning asarlari ham örin olgan. Muzey Italiyadagi eng muhim xususiy badiiy kolleksiyalardan biri hisoblanadi.
Avvalroq tarqalgan ma’lumotlarga köra, yuzlarini kapyuşon bilan yaşirgan öğrilar muzeyning kiriş eşigini buzib oçgan. Ular bino içida bor-yöği uç daqiqa bölib, uçta qimmatbaho asarni olib qoçgan.
Öğirlikdan söng Manyani-Rokka fondi hodisani oldindan puxta rejalaştirilgan jinoyat deb atagan. Fond ma’lumotiga köra, videokuzatuv tizimi işlagani, politsiya va qöriqlaş xizmati tezkor harakat qilgani sabab jinoyatçilar muzeydagi boşqa qimmatbaho asarlarni olib ketişga ulgurmagan.












