Niqob qoğozdan işlangan uşlagiçdan iborat bölib, u niqobga ipsiz mahkamlangan. Niqobni bir qölda uşlab oğiz-burun yopib turiladi. Bunda tanovul vaqtida niqobni yeçib turişga hojat bölmaydi.

“Biz noqulaylikni kamaytiruvçi buyum işlab çiqişni istagandik”, deb aytgan olim. 

Avgust oxirida 20ga yaqin kişi, jumladan mehmonxona va restoran biznesi xodimlari yangi niqobni taomlarni degustatsiya qiliş vaqtida sinab körişgan. Ular niqobni qulay deb topişgan va unda özlarini xavfsiz his qilişgan.

“Maska juda samarali, çunki undan maqsad nafas yöliga tomçilar tuşişini kamaytiriş hisoblanadi. Uşbu niqob normal hayotga qaytişning yöllaridan biri böladi”, deb aytgan sinovlarda iştirok etgan olim Takayuki Miyadzava.

Biroq sinovlar iştirokçilaridan biri ovqatlaniş vaqtida bir qöl doim niqobni uşlaş bilan band bölişi noqulaylik tuğdirişini aytgan.