3 sentabr kuni AOKAdagi matbuot anjumanida «Özbekiston Respublikasida çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning huquqiy maqomi töğrisida»gi qonun loyihasi haqida ma'lumot berildi.

«Avval ham bu sohada 30ga yaqin qonunosti hujjatlari mavjud edi. Endi esa bularning hammasi yaxlit qonun şakliga keltirilmoqda. Çet el fuqarosi qaysidir davlatga bormoqçi bölsa ham, u yerga sarmoya kiritmoqçi bölsa ham özining qonun tomondan qançalik himoyalanganini bilişni istaydi. Bu qonun tasdiqlangaç, çet el fuqarolari yurtimizda qaysi harakatlarni amalga oşiriş mumkin ekanini, qaysilari mumkin emasligini yagona hujjatdan bilib olişi mumkin böladi», – dedi IIV boşqarma boşliği Burxon Aliqulov.

Şuningdek, anjumanda çet el fuqarolari yoki fuqaroligi bölmagan şaxslar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan normalar buziladigan holatlarda javobgarlikka tortiş tartibi haqida ham söz bordi.

Oliy sud sudyasi Sanobar Mamadaliyevaga köra, jinoyat yoki şu kabi huquqbuzarlik sodir etgan şaxslarga nisbatan tegişli tartibda hujjatlar töplanadi hamda prokuror iltimosnomasiga binoan sudga şu şaxsga nisbatan ehtiyot çorasi qöllaş haqida ajrim çiqariş yuzasidan murojaat qilinadi. Agar sud bu iltimosnomani qanoatlantirsa, tegişli tartibda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi xabarnoma yuboriladi.