Bu haqda Içki işlar vazirligining 6-noyabrdagi axborotida maʼlum qilindi. Mazkur raqamlar vazir Aziz Toşpölatov iştirokida aholini energetika resurslari bilan taʼminlaş masalalariga bağişlangan yiğilişda keltirilgan.

Vazirlik maʼlumotiga köra, kömirni noqonuniy saqlaş va ötkaziş bilan boğliq 16 ta holat aniqlangan. Musodara qilingan 333 tonna 540 kilogramm kömir aholi ehtiyojlari uçun yetkazilgan.

Suyultirilgan gaz bilan boğliq şunday holatlar soni esa 374 tani taşkil etgan. Olingan gaz ballonlari va suyultirilgan gazni aholi isteʼmoli uçun qaytariş çoralari körilgan.

Xususan, oktabr oyida Samarqand viloyatida Pastdargʻomtumangaz gaz taʼminoti korxonasi xodimlari aholi uçun ajratilgan gaz töldirilgan maişiy ballonlarni maxsus transport vositalarida talon-toroj qilayotgani aniqlangani bildirildi. Tadbir davomida 32 million sömlik 3 tonna 100 kilogramm uglevodorod gazi musodara qilingan.

Mazkur holat yuzasidan korxona xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi holatning boşqa tafsilotlarini aniqlamoqda.

Yiğilişda kuz-qiş mavsumida xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlarini kömir, tabiiy hamda suyultirilgan gaz bilan barqaror taʼminlaş masalalari muhokama qilingan. Gaz ballonlarini belgilangan grafik böyiça yetkaziş, isteʼmolçilardan asossiz tölov talab qilmaslik va mahsulotni belgilangan meyordan kam bermaslik zarurligi taʼkidlangan.

Şuningdek, mahsulotlarning haqiqiy hajmi bilan hisobotlardagi raqamlar örtasidagi tafovutlar, soxta maʼlumot kiritiş, noqonuniy vositaçilik va resurslarni belgilangan isteʼmolçilarga yetkazmaslik holatlarini aniqlaşga qaratilgan tezkor-profilaktik tadbirlarni kuçaytiriş vazifasi qöyilgan.

Masʼullarga energetika mahsulotlarini taşişda yuklar butligini nazorat qiliş, gaz töldiriş şoxobçalari, omborlar va taqsimlaş bazalari qöriqlanişini kuçaytiriş topşirilgan. «Hududgaztaʼminot» AJ bilan birgalikda taʼminotdagi uzilişlar sabablarini aniqlaş, mahsulot hajmi va taqsimoti hisobini yuritiş hamda isteʼmolçilar murojaatlarini hal etiş çoralari belgilangan.