“Maysak” töfoni Yaponiyada yuqori darajadagi issiq harorat keltirib çiqardi. NHK telekanalining xabar berişiça, 3 sentyabrda Xonsyu orolidagi Niigata prefekturasida harorat rekordi qayd qilindi.

Prefekturadagi Sandzyo şahrida harorat 40,4 darajagaça isigan. Mahalliy metereologlarning ta'kidlaşiça, bungaça sentyabrda bunday yuqori haroratlar qayd qilinmagan. Ular buni Xitoy şarqiga yopirilgan “Maysak” supertöfoni bilan tuşuntirişgan. Töfon janubdan issiq havoni keltirgan va buning natijasida Yaponiya ustida issiq havo oqimlari yuzaga kelgan.

Bundan taşqari, Taynay şahrida (Niigata prefekturasi) harorat 40 darajagaça, Tsuruokada (Yamagata prefekturasi) 39,1 darajagaça, Vadzimada (Isikava prefekturasi) esa 38,6 darajagaça kötarilgan. Yaponiyada namgarçilik darajasi yuqori bölgani sababli bunday haroratlar oğir ötkaziladi.