Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 2020-2021 öquv yilining 1-çoragi uçun umumta'lim maktablarining pandemiya şaroitlariga moslaştirilgan namunaviy dars jadvali işlab çiqildi. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.
Qayd etilişiça, mazkur dars jadvali asosida umumta'lim maktablarining navbatliligi (smenasi), öquvçi örni, sinflar va öqituvçilar sonidan kelib çiqib, uşbu namunaviy jadvalga moslaştirilgan holda dars jadvalini tuziş tavsiya etiladi.
Dars jadvalini tuzişda quyidagi talablarga e'tibor qaratiladi. Jumladan, bir vaqtning özida öquvçilar köp töplanmasligi va tirbandlikni oldini oliş uçun dars maşğulotlarining boşlaniş vaqtlari belgilanadi (boşlanğiç sinflar uçun 8-00 da, 5-8 sinflar uçun 8-30 da, 9-11 sinflar uçun 9-00 da).
Öquvçilarning soğligini himoyalaş, ijtimoiy masofani saqlagan holda ortiqça muloqot qilişlarini oldini oliş maqsadida, jismoniy tarbiya, çaqiriqqa qadar boşlanğiç harbiy tayyorgarlik, musiqa madaniyati, tasviriy san'at va çizmaçilik, texnologiya hamda tarbiya fanlari öquv yili boşida vaqtinçalik ötilişi tavsiya etilmaydi, uşbu fanlar masofaviy ta'lim şaklidagi televizion darslar orqali özlaştirib boriladi. Mazkur fanlardan dars berayotgan öqituvçilarning oylik iş haqi töliq saqlab qolinadi va ular maktabdagi öquv-tarbiya jarayonini taşkil etiş bilan boğliq taşkiliy masalalarga jalb etiladi.
Tanaffus vaqtlarida sanitar-gigiyenik talablarga rioya etiş, ijtimoiy masofani saqlaş va öquvçilarning özaro muloqotini çeklaş maqsadida darslar oraliğida qönğiroqlar çaliş tavsiya etilmaydi, tanaffus vaqtlarida bir vaqtda öquvçilar töplanişiga yöl qöyilmaydi.
Darslar orasida 5 daqiqalik tanaffus beriladi, şuningdek, boşlanğiç sinfda 2-soat darsidan keyin, 5-11 sinflarda 3-soat darsidan keyin 10 daqiqalik katta tanaffus, smenalar oraliğida esa 30 daqiqa tozalaş uçun vaqt beriladi.
Masofaviy şaklda ta'lim olayotgan öquvçilar uçun televizion darslar jadvali joriy yilning 10 sentyabridan boşlab vazirlikning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali e'lon qilib boriladi.
2020/2021 öquv yili rasman joriy yilning 14 sentabr kunidan boşlanadi.













