Qayd etilişiça, şundan 63,5 trln. sömi soliq idoralari tomonidan nazorat qilinadigan tuşumlarga, hamda 14 trln. sömi bojxona idoralari tomonidan nazorat qilinadigan tuşumlarga töğri keladi. Davlat budjetining boşqa daromadlari 8,4 trln. sömni taşkil qildi.

Toğ-kon kompaniyalaridan daromadlar jami 22,6 trln. sömni (yoki umumiy daromadlarning 27,3 foizini), jumladan foyda soliği 11,1 trln. sömni, yer qa'ridan foydalanganlik uçun soliği 7,6 trln. sömni va davlat uluşiga hisoblangan dividendlar körinişidagi daromadlar 3,8 trln. sömni taşkil qildi.

Joriy yilning 8 oyi davomida foyda soliği böyiça jami 17 trln. söm va yer qa'ridan foydalanganlik uçun soliq böyiça jami 10,4 trln. söm kelib tuşdi.

Yanvar-avgust oylarida qöşilgan qiymat soliği böyiça soliq va bojxona idoralari tomonidan jami 23 trln. söm, jumladan soliq idoralari tomonidan 11,7 trln. söm, bojxona idoralari tomonidan 11,2 trln. söm undirib olindi.

Şu bilan birga, joriy yilning 8 oyi davomida qöşilgan qiymat soliği böyiça tölovçilarga 3 trln. söm, jumladan I yarim yillikda 1,6 trln. söm, iyulda 577 mlrd. söm, avgustda esa 779 mlrd. söm mablağ qaytarildi.

Joriy yilning 1 iyulidan boşlab, qöşilgan qiymat soliği böyiça hisobga olinadigan miqdorining hisoblangan miqdordan oşib ketgan qismi, faqat “nol” stavka qöllaydiganlar uçun emas, balki barça toifadagi tölovçilarga qaytariladigan tartib joriy qilindi.

Davlat budjeti daromadlarining ayrim soliqlar böyiça yöqotişlari, qimmatbaho metallar narxining oşib borişi natijasida toğ-kon korxonalaridan qöşimça tuşumlar, davlat korxonalaridan dividendlar hamda davlat budjetining boşqa daromadlari hisobiga qisman qoplanadi.

2020 yil yanvar-avgust oylari tuşumlari asosida qilingan hisob-kitoblarga köra, joriy yil yakunlari böyiça davlat budjeti tuşumlari 125,8 trln. sömni yoki «2020 yil uçun Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti töğrisida» qonunda közda tutilgan prognozga nisbatan 2,6 trln. söm kam bölişi kutilmoqda, deyiladi ma'lumotda.