“Oila kodeksining 69-moddasiga asosan, bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota-ona turli familiyalarda bo‘lganda ota-onaning kelishuviga binoan bolaga otasining yoki onasining familiyasi beriladi.
Ota-onaning xohishiga ko‘ra, bolaga ota yoki ona tomonidan milliy an'analarga ko‘ra boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkin”, - deb tushuntirmoqda DXA.
Eslatib o‘tamiz, hukumat tomonidan tasdiqlangan FHDYo sohasiga oid qaror bilan nikohlanuvchilarga qo‘shfamiliyalikka ruxsat berildi.
Masalan, kuyov Ahmedov kelin Shuhratova bo‘lsa, shunda kuyov Ahmedov-Shuhratov, kelin esa Ahmedova-Shuhratova bo‘lishi mumkin.








