Manbalardan biriga köra, Haydarovning böşatilişi qöl ostidagi xodimga oğir tan jarohati yetkazgani bilan boğliq.

Kun.uz içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosovga sörov yubordi. U mazkur xabarni tasdiqlamadi, şu bilan birga inkor ham etmadi.

Içki işlar xodimiga tan jarohati yetkazilgani haqidagi axborot yuzasidan boş prokurorning matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov Kun.uz söroviga javob bermadi.

Farrux Ubaydullayeviç Haydarov Sirdaryo viloyati IIB boşliği lavozimiga 2025-yil mart oyida tayinlangan; keyinroq polkovnik unvonini olgan.

U 1983-yil Qozoğistonda tuğilgan, 2004-yilda IIV Akademiyasini tamomlagan. Faoliyati davomida Toşkent şahar Mirzo Uluğbek va Yakkasaroy tumanlarida IIB boşliği lavozimlarida ham işlagan.