20-avgustga ötar keçasi va payşanba tongida Rossiya tomonidan amalga oşirilgan raketa zarbalari oqibatida poytaxt Kiyev va uning atrofidagi hududlarda kamida 12 kişi halok böldi.
Ukraina favqulodda xizmatlariga köra, tungi «yirik hujum» nişonida köp qavatli turar-joy binolari va omborxonalar bölgan. Zarbalar oqibatida kamida 33 kişi jarohatlangan.

Kiyev meri Vitaliy Kliçkoning aytişiça, Solomyanskiy tumanida yonğin kelib çiqqan va töqqiz qavatli turar-joy binosining yuqori qavatlari vayron bölgan. U yerda yetti kişi halok bölgan. U juma kunini motam kuni deb e’lon qilişga çaqirdi.

Tunda berilgan zarbalar oqibatida noturarjoy ob’yektlari, omborxonalar, maktab va bolalar şifoxonasi ziyon körgan. Şifoxonaning derazalari singan va yaqin atrofdagi avtomobillar yonib ketgan.
Merning qöşimça qilişiça, Solomyanskiy tumanidagi sanoat markaziga ham raketalar kelib tuşgan.

Davlat energetika kompaniyasi hujum oqibatida elektrsiz qolgan 90 mingga yaqin xonadonning yarmidan köpiga elektr energiyasi qayta tiklanganini bildirdi.
Ukraina favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari yonğin bilan kuraşayotgani va vayron bölgan ob’yektlardan odamlarni qutqarayotgani aks etgan videoni namoyiş etdi.

Reuters guvohining xabar berişiça, u öndan ortiq portlaş ovozini eşitgan.
Kiyev viloyatining Brovari tumaniga uyuştirilgan hujumda esa bir kişi halok bölgan va yana bir kişi jarohatlangan.















