Rasmiy Afina, şuningdek, vertolyotlar va 4 ta yangi fregat xarid qilişni rejalaştirmoqda. Bundan taşqari, Germaniyada işlab çiqarilgan 4 ta fregat modernizatsiya qilinadi. Şuningdek, Gretsiya qurolli kuçlariga 5 yil davomida qöşimça 15 ming kişi jalb qilinadi.  

Fransiya mudofaa vaziri Florans Parli Gretsiyaning uşbu qarorini qöllab-quvvatlagan. Bu Gretsiya tomonidan Dassault Rafale samolyotlarining birinçi marta sotib olinişi böladi.

Gretsiya boş vazirining ta'kidlaşiça, Turkiyaning xatti-harakatlari Yevropaning şarqiy çegaralariga va mintaqadagi xavfsizlikka rahna solmoqda. Afina Anqara bilan kelişmovçiliklarni tinç yöl bilan hal qilişga tayyor, biroq bir töxtamga kelişning iloji bölmasa, vaziyatni hal qiliş uçun BMT Xalqaro sudini jalb qilişi mumkin.

Öz navbatida, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Gretsiya hukumatini “yangliş harakatlar”ni sodir etişdan tiyilişga çaqirgan. Erdöğan, şuningdek, Anqarani Afina bilan mojaroda “qizil çiziq”dan ötmaslikka çaqirgan Fransiya prezidenti Emmanyuel Makronni ham Turkiya bilan nizoga borişdan ogohlantirgan.

Ikki davlat örtasida Örta yer dengizidagi bahsli hududlar sababli avj olgan nizo bir neça haftadan beri davom etmoqda. Ikkala davlat ham neft va gaz bölişi mumkin bölgan hududlarga egalik qilişga da'vo qilmoqda. Yevropa ittifoqi Turkiyani bahsli hududlarda geologik-qidiruv işlarini töxtatişga çaqirmoqda va sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda. Biroq Anqara yon bosişdan boş tortmoqda.