Turkiyaning Oruc Reis tadqiqot kemasi Örta yer dengizining Gretsiya bilan bahsli hududini tark etdi. Kema unga hamrohlik qilgan Ataman va Cingizhan harbiy kemalari bilan birga Antaliya yaqinida langar taşlagan.
Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar bu Anqaraning Örta yer dengizida geologik qidiruv işlaridan voz keçişini anglatmasligini, ular davom ettirilişini aytgan. “Oruc Reis’ning barça harakatlanişlari rejaga köra amalga oşirilmoqda. Gap biz öz qonuniy huquqlarimizdan voz keçganimiz haqida bormayapti. Gretsiya xalqaro kelişuvlarga zid ravişda 18 ta orolni qurollantirgan. Afina mintaqada keskinlikni zöraytirişga harakat qilmoqda, muloqot imkoniyatini yöq qilmoqda”, deb aytgan Akar. U Gretsiyani iğvogar harakatlari bilan vaziyatni keskinlaştirmaslikka çaqirgan.
10 avgustda Oruc Reis harbiy kemalar hamrohligida Gretsiyaning Kastelorizo oroli yaqinida seysmik tadqiqotlar ötkazişni boşlagandi. Gretsiya tadqiqotlar olib borilayotgan hududni özining iqtisodiy hududi deb bilgani sababli uşbu vaziyat Anqara va Afina örtasida munosabatlarning keskinlaşuviga olib kelgan.












