AQŞ prezidenti Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi AQŞ qöşinlarini qöllab-quvvatlaşga çorlovçi mojaroli reklama plakatlarini çiqardi. Gap şundaki, plakatda AQŞ qiruvçi samolyotlari emas, balki Rossiyaning MiG-29 samolyotlari tasvirlangan bölib çiqdi. Bundan taşqari, plakatdagi askarlardan birining qölida Kalaşnikov avtomatini ilğaş mumkin bölgan.
“Qöşinlarimizni qöllab-quvvatla” degan yozuv bölgan plakat 8 sentyabrda e'lon qilingan va 12 sentyabrda foydalanişdan olib taşlangan. Uşbu plakat Politico naşri e'tiborini tortgan va naşr plakatdagi ğalizliklar yuzasidan ekspertlar fikrini bilişga qaror qilgan. Ular, öz navbatida, plakatda tasvirlangan samolyotlar haqiqatan ham MiG-29 ekanini tasdiqlaşgan.
“Bu aniq MiG-29. Men u [Tramp] qöşinlarimizni qöllab-quvvatlaşidan xursandman”, deb kinoya qilgan AQŞ armiyasi uçun F-16 va A-10 samolyotlarini işlab çiqişda iştirok etgan Per Sprey.

Moskvadagi Strategiyalar va texnologiyalar tahlili markazi direktori Ruslan Puxov ham plakatdagi samolyotlar MiG-29 ekanini tasdiqlagan hamda askarlardan birining qölida AK-74 borligini aytgan. Uning ta'kidlaşiça, bannerda Rossiyada işlab çiqilgan avtomatning tasvirlanganini ğayritabiiy deb atab bölmaydi, çunki AQŞ armiyasi qurollanişida bu turdagi avtomatlar bor. Biroq MiG-29 samolyoti kulgini qistadi.
“Agar bu plakat boşqa kimdir tomonidan e'lon qilinganda bunday keskinlikka sabab bölmasdi. Agar uni Jorj Buş 11 sentyabrdan keyin qöllaganda bu texnik xatoda qandaydir fitnani köriş heç kimning xayoliga ham kelmasdi”, deb aytgan Puxov.
Körinişiça, banner dizaynerlari Shutterstock.com saytidagi tayyor suratdan foydalanişgan. Trampning saylovoldi kampaniyasi vakillari uşbu holatga hozirça izoh berişmagan.
Ta'kidlanişiça, plakat Trampni navbatdagi marotaba Rossiyani xuşlaşda ayblaş uçun ataylab şunday bajarilgan bölişi ham mumkin.
MiG-29 sobiq ittifoqda loyihalangan qiruvçi samolyot bölib, birinçi marta havoga 1977 yilda kötarilgan. Samolyot sovuq uruş vaqtida AQŞning F-15 va F-16 qiruvçi samolyotlariga qarşi kuraşda qöllaş uçun işlab çiqilgan.
Ma'lumotlarga köra, uşbu samolyotlar yaqinda Rossiyaning Suriya va Liviyadagi bazalarida payqalgan. Rossiya, şuningdek, bu turdagi samolyotlarni Şimoliy Koreya, Hindiston va Suriyaga eksport qilgan. Bundan taşqari, AQŞ uşbu samolyotlar Eron kabi raqiblari qöliga tuşişidan xavotirlanib, undan 29 tasini 1997 yilda Moldovadan sotib olgan.
Şu bilan birga Kalaşnikov avtomati AQŞ qurollanişida haqiqatan bor bölib, amerikalik harbiylar uni Vetnamdagi uruş vaqtidan beri yuqori baholab kelişgan. AQŞ harbiylari AK-74ni “injiqmasligi” va nomaqbul ob-havo şaroitlarida ham qöllaş mumkinligi uçun bir qator operatsiyalar vaqtida qöllaşgan.











